Ekiş mavsumiga hozirlik körilmoqda
Amudaryo tumanida qişloq xöjaligi sohasini yanada rivojlantiriş maqsadida amalga oşirilayotgan işlarda xizmat körsatuvçi taşkilotlar mehnat jamoalarining ham hissalari katta bölayotir.
Xolimbeg ovulidagi “Turkmaniston” muqobil maşina traktor parki hududdagi 20 ta fermer xöjaligiga öz texnikalari bilan xizmat körsatib kelmoqda. 100 ta qişloq xöjaligi texnikasi mavjud bölgan bu MMTP nafaqat fermer xöjaliklariga xizmat körsatadi, balki, ovuldagi kam taʼminlangan oilalar va yakka-yolğiz yaşovçi fuqarolarning tomorqa yerlarini haydaşda ham katta yordam körsatayapti. Şu yilning ötayotgan mart oyida 10 ga yaqin xonadonning tomorqa yerlari texnikalarimiz yordamida haydalib, ekin ekişga tayyorlab berildi.
Hozirgi kunda “Turkmaniston” MMTP mehnat jamoasi hududdagi 20 ta fermer xöjaliklarining 774 gektar yer maydonida suriş va çigit ekiş işlarini amalga oşirişga hozirlik körayapti.
Men uşbu jamoaga rahbarlik qiliş bilan birga katta işonç bildirişib, meni tuman Kengaşi deputatligiga saylagan öz saylovçilarim bilan ham tez-tez uçraşib turaman. Saylovçilarim bilan uçraşuvlarim paytida men ular tomonidan bildirilayotgan takliflarga, murojaatlar va fikr-mulohazalarga doimo eʼtibor beraman. Ularning muammolarini hal etişda ham bor imkoniyatlarimdan foydalanaman.
Deputat sifatida öz saylovçilarimning işonçlarini oqlaşga hamişa harakat qilaman.
Abdiqodir TULOVMUPODOV, “Turkmaniston” MMTP raisi,
xalq deputatlari tuman Kengaşi deputati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶