14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 08:41
Maqolalar 👁 855

“Namuna” MFY tashabbusi bilan mahallada yashovchi bir guruh mehnat faxriylari Xiva shahriga sayohat qilib qaytdi

“Namuna” MFY tashabbusi bilan mahallada yashovchi bir guruh mehnat faxriylari Xiva shahriga sayohat qilib qaytdi

Yurtboshimizning turizmni, ayniqsa, ichki sayohatni rivojlantirish borasidagi tashabbuslari xalqimizga juda manzur boʻldi. Yaqinda “Namuna” MFY raisi K.Yusupov boshchiligida bir guruh mehnat faxriylari Xiva shahriga sayohat qilib qaytdilar. Kamina ham ushbu sayohatda ishtirok etib, yaxshilar suhbatini yon daftarga muxrladim.

Tilovboy Tojimov (81 yoshda): – Men sobiq Oxunboboyev nomli jamoa xoʻjaligida agronom, kasaba uyushmasi raisi vazifalarida ishlagan paytlarimda sayohatlarda oʻzim ham ishtirok etib, koʻplab sayohatlar tashkil qilganman. Lekin bugungi sayohatimdan olgan taassurotlarim boshqacha. Davlatimiz rahbarining ichki turizmni rivojlantirishga koʻrsatayotgan eʼtibori yaqqol bilinib turibdi. Xivaga koʻp borganman. Lekin ochiq osmon ostidagi muzey maqomini olgan shaharda bugun tarovat boshqacha. Muzeylarning eksponatlar bilan boyitilgani bir yon boʻlsa, muzey xodimlarining muomalasi, gidlarning xizmati bir yon!

Xidirboy Sobirov (61 yosh): – Tilovboy aka juda toʻgʻri aytdilar. Hamma joyda oldindan Navroʻz bayramiga hozirlik koʻrilgani sezilib turibdi. Ovuldoshlarimiz bilan sayohatimiz boshlanishidayoq fayzli boʻldi. Yoʻl boʻyi dalalardagi Navroʻz shamolida chayqalayotgan bugʻdoyzorlarni koʻrib, koʻzimiz quvondi. Azaldan shirinsoʻz xivaliklar oʻz ona shahrini qanday qadrlashini ularning muomalaridan, “xush galibsiz!” – deb qoʻllari koʻksida, tavozʼe bilan kutishlaridan, shahri haqidagi hikoyalaridan yaqqol sezasiz. Koʻnglingizda yurtimiz goʻzalligidan, ulugʻvorligidan faxr tuygʻulari mavj uradi. Qator rastalardagi esdalik sovgʻalaridan bajonu dil xarid qilasiz. Muzeylardan olgan taassurotlar-ku yanada boshqacha.

Farhod Avezov (59 yosh): - Prezidentimizning mahalliy turizmni rivojlantirishga eʼtibori haqiqatdan zoʻr ish boʻldi. Xiva shahriga kirganimizdanoq buning ahamiyati sezildi. Koʻchalar ozoda. Shaharning har bir qadam joyi maroq bilan tomosha qilishga loyiq. Chet ellik turistlarning naqshinkor koshinlarga zavq bilan boqib, suratga olishlari, hayratlari zohiru botinidan sezilib turibdi. Gidlarining ajoyib suhbatlarini aytmaysizmi?! Bu oddiy tushuntirish emas, chin maʼnoda maroqli suhbatligi bilan yanada zavqli. Ayniqsa, yangi temir yoʻl vokzali Xiva shahriga zamonaviy koʻrk bagʻishlabdi. Tarixiy binolar qoshida qad rostlagan zamonaviy majmualar yuksak did bilan joylashtirilganini koʻrib qoyil qolasiz.

Davlatboy Jumanov (65 yosh): – har kuni “Dunyo boʻylab, “Mening yurtim” telekanallarida turizm haqidagi koʻrsatuvlarni tomosha qilib havasim kelardi. Ovuldoshlarim sayohatga taklif qilganlarida juda quvonib ketdim. Yurgan – daryo, deganlari shu ekan. Kuyukkoʻpir, Gurlan, Shovot, Xiva yoʻlining oʻzidayoq bu sayohatdan mamnun boʻldim. Qadimiy va navqiron Xivaning husni yanada ochilib ketibdi. Har bir muzey – alohida bebaho xazina!

Hamma joy saranjom-sarishta, sayohatchilarning zavqi baland. Birlari Xorazm musiqa asboblarini hayrat bilan tomosha qilsalar, birlari choʻgirma kiyib suratga tushayotir, birlari tuyaga minib, bolalarcha zavq bilan kulib quvonayotir. Chet ellik turistlar poyezdda kelib, vokzalda tushishi bilanoq Xivaning – Xorazmning salobatini, mahobatini his qilishi aniq. Juda zoʻr majmua qurilayotgan ekan. Xalqimizga qutlugʻ boʻlsin! Vokzalning oʻzidan sayohat xizmati tayyor!

Murodboy Saʼdullayev – (50 yosh): MFY oqsoqoli maslahat qilganida rozi boʻlib yaxshi qilgan ekanman. Avvalgi sayohatlardan boshqacha boʻldi. Ayniqsa, Komiljon Otaniyozov muzeyi menda juda yorqin taassurotlar qoldirdi. Tarixdagi va zamonamizdagi buyuk sanʼatkorlar haqidagi hikoyalar gʻoyat qiziqarli boʻldi. “Komiljon Otaniyozovdek sohir ovoz sohiblari ming yilda bir kelarov, yuz yilda kelganda hozirgacha birovi kelar edi”, – deyman muzeyda sokin yangrab turgan hofiz qoʻshigʻiga quloq tutib. Pahlavon Mahmud Puryoyvali hoki poyini ziyorat qilgan kishi faqat yaxshilik va elga qilingan xizmatgina inson nomini abadiy ulugʻlashiga imon keltiradi.

Kaklen Yusupov (sayohat tashkilotchisi): - Avvallari sayohat haqida gap ochishga qisinib turardik. Pahbarlarimiz: “Ishni tashlab nima qilib yuribsizlar?”- deb koyib qoʻymasmikan, degan andishada. Hozir Yurtboshimizning tashabbusi bilan ichki sayohatlar tashkil qilish ham ishimizning bir qismiga aylanib qoldi, desam xato boʻlmas. Oʻzbekistonimizda sayohat, ziyorat qilsa, arziydigan joylar juda koʻp. Bundan olingan taassurotlar ham bekor ketmaydi. Chunki sayohatdan qaytgach, farzandlarga, nevaralarga qilingan hikoyalar ularda yurtsevarlik, vatanparvarlik tuygʻularini shakllantirishiga shubha yoʻq. Bunday sayohat tarbiyaning samarali vositasidir. Yana, sayohat qilgan odamning zehni ochilishini aytmaysizmi?! Milliy eksponatlarining boyligi jihatidan dunyoda ikkinchi oʻrinda turishi eʼtirof qilinayotgan Savitsniy nomidagi (Nukus shahridagi) muzeyga sayohat uyushtirishni ham niyat qilib qoʻyibmiz.

T.Tojimov: - Pahmat! Sayohatimizning zavqli, mazmunli boʻlishi sababini Pahlavon Mahmud pirning ruboiylari izohlab turibdi:

Uch yuz Koʻhi Qofni kelida tuymoq,

Dil qonidan bermoq falakka boʻyoq.

Yoinki bir asr zindonda yotmoq,

Nodon suhbatidan koʻra yaxshiroq

Azizlar, suhbatdoshing yaxshi boʻlsa, yoʻl azob emas, rohatga aylanadi.

Jahon fili mahv etolmas shavkatimiz,

Jumla shohlar orzu aylar shuhratimiz.

Gar chumoli kirib qolsa safimizga

Shu ondayoq sher qilajak qudratimiz!

Vatanimizning shon-shuhrati, qudrati kundan-kunga oshavergay!

Sayohatchilarga hamroh va suhbatdosh:

Tursunboy ABDULLAYeV.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019