Tuman sardorlarining “Kelajak yulduzlari” jamoasi hududiy bosqich gʻolibi boʻldi
Yoshlar ittifoqi, “Kamalak” bolalar tashkilotining quyi boʻgʻinlari va Sardorlar kengashlari aʼzolarining faoliyat samaradorligini oshirish, ularda yoshlar bilan ishlash koʻnikmalari, ijodiy, intellektual va tashabbuskorlik qobiliyatini rivojlantirish dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Yoshlar faolligini oshirish, ularda ishchanlik va tashabbuskorlik qobiliyatini mustahkamlash maqsadida oʻtkazib kelinayotgan “Eng namunali sardorlar kengashi” tanlovi bu borada alohida ahamiyat kasb etmoqda.
Yaqinda Ellikqalʼa tumanida tanlovning hududiy bosqichi oʻtkazildi va unda tuman sardorlarining “Kelajak yulduzlari” jamoasi ham ishtirok etdi. Tanlovda raqib jamoalar bilan birgalikda “Bu bizning faoliyatimiz...”, “Bizning imkoniyatlarimiz”, “Intellektual ring” shartlari boʻyicha gʻoliblik uchun bahslashishdi va hududiy bosqich gʻolibligini qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻlishdi.
Gʻolib boʻlgan tuman sardorlarining “Kelajak yulduzlari” jamoasiga diplom, esdalik sovgʻalari bilan birga tanlovning 17-mart kuni Nukus shahrida boʻlib oʻtadigan Respublika bosqichiga yoʻllanma berildi.
Muyassar Rahmatullayeva, Ittifoqning tuman
Kengashi 76-maktab yetakchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶