“Eng namunali sardorlar Kengashi” tanlovining tuman bosqichi oʻtkazildi
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi oʻsmir-yoshlarning intellektual qobiliyatini oshirish, qiziqishlari doirasini kengaytirish, bilimdon boʻlib voyaga yetishlariga erishish borasida koʻpgina saʼy-harakatlarni amalga oshirmoqda.
“Eng namunali sardorlar Kengashi” tanlovi ham shular jumlasidandir.
Shu yilning 27-fevralida 9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabi binosida mazkur tanlovning tuman bosqichi oʻtkazildi. Tanlov 1-7-sinflar va 8-11-sinflar oʻquvchilari orasida boʻlib oʻtdi va unda 1-7-sinflar sardorlaridan 7 ta, 8-11-sinflar sardorlaridan 7 ta jamoa oʻzaro bellashdilar.
Tanlov uchta shart boʻyicha oʻtkazildi. “Bu bizning faoliyat” deb nomlangan ilk shartda ishtirokchi jamoalar sardorlar kengashi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni badiiy chiqish orqali tanishtirdilar.
“Bizning imkoniyatlarimiz” deb nomlangan ikkinchi shartda ishtirokchi jamoalar keyingi oʻquv yilidagi sardorlar Kengashi faoliyati yoʻnalishlaridan kelib chiqib, bugungi kunda oʻquvchi-yoshlar oʻrtasida dolzarb boʻlgan muammolar va uning yechimiga bagʻishlangan loyihani ishlab chiqib, koʻrgazmali vositalardan foydalangan holda sahnada himoya qildilar.
Uchinchi shartda esa sinf sardorlar Kengashi aʼzolari 5 daqiqa ichida ijtimoiy, siyosiy, maʼnaviy-maʼrifiy va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, “Kamalak” bolalar tashkiloti, shuningdek, sinf sardorlar Kengashi faoliyatiga oid 10 ta savollarga javoblar berdilar.
Tanlov yakunida 1-7-sinflar sardorlari oʻrtasida 76-sonli maktabning “Kelajak” jamoasi gʻolib boʻldi. Ikkinchi oʻrinni 11-sonli maktabning “Nihol”, uchinchi oʻrinni 31-sonli maktabning “Temuriylar avlodi” jamoasi egalladi. Shuningdek, 8-11-sinflar sardorlari oʻrtasidagi bahsda 15-maktabning “Kelajak” jamoasi gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. Ikkinchi oʻrinni 76-sonli maktabning “Yoshlar”, uchinchi oʻrinni 40-sonli maktabning “Oʻzbekiston yoshlari” jamoasi egalladi.
Gʻoliblar va ishtirokchilar Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tuman Kengashi tomonidan ragʻbatlantirildi.
O.Pajabova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶