14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 11:09
Maqolalar 👁 1,011

Nuroniylar – xonadonimiz fayzi

Nuroniylar – xonadonimiz fayzi

Nuroniy otaxon va onaxonlarimizning boy hayotiy tajribalari, ular aytgan pand-nasihatlar, har bir oʻgiti toʻgʻri yoʻl tanlashda doim tayanch boʻladi. Piru-badavlat keksalar, ayniqsa, oilaviy anʼana hamda qadriyatlarning bardavomligiga alohida eʼtibor bilan qaraydilar. Qaysiki xonadonda nuroniylar yashasa, oʻsha uy hamisha charogʻon, fayzli boʻladi.

Faxriy oʻqituvchilar Sobir ota Safarboyev hamda Gulora opa Eshimbetovalar umri davomida oilalarida yaratib kelayotgan maʼnaviy-maʼrifiy muhitni yosh avlodga har qancha ibrat qilib koʻrsatsa arziydi. Bu insonlar hamjihatlikda xonadonlarida oʻziga xos tutum, tartib-intizom oʻrnatish bilan birga komil farzandlar tarbiyalab, ularni chin insoniy fazilatlar, yaxshi odatlar, milliy udumlarga hurmat ruhida tarbiyalab kelishmoqda.

Hayotning past-u balandini koʻrib, bir kasbning boshini tutib, keyin oilali boʻlishga qaror qilgan Sobir ota umr yoʻlini koʻngli toza, uddaburon kasbdoshi Gulora opa bilan bogʻlab adashmagan edi. Olis ovuldan maktabdagi ishlari sababli tuman markaziga kelib yashay boshlagan yosh oila dastlabki kunlarda ancha qiynalishdi. Ayniqsa, ketma-ket dunyoga kelgan farzandlari bilan roʻzgʻor tutish va ishni ham eplash juda qiyin boʻldi. Shu bois toʻngʻich farzand Azimboy ota-onasiga qoʻl-qanot boʻlib, hayotni erta oʻrgandi. Singillari Rahima, Dilfuza, Dilshodalarga bosh boʻlib, ota-onalari kelguncha uy yumushlarini saranjomlab qoʻyadigan boʻldi. Gulora opa ham ularni bolalikdan mehnatga hamdam qildi. Hovlilaridagi bogʻning koʻchatlarini, tomorqadagi ekinlarni parvarishlashni farzandlariga kichikligidanoq oʻrgata boshladi. Shu qatorda ularga maktabdan olgan bilimlarini puxta oʻzlashtirishlariga ham sharoit yaratib, koʻmaklashishdan aslo erinishmadi. Roʻzgʻorning kam-koʻsti uchun Sobir ota bogʻ va tomorqada yetishtirilgan meva-sabzavotlarni, Gulora opa esa kechalari tikib tayyorlagan buyum, kiyim-kechaklarni bozorga olib borib sotishar, gohida Azimboy ham ularga yordam berardi.

Farzandlarning kattasi Azimboy onasi kabi matematika faniga ixlos qoʻydi. Boshqa fanlardan ham aʼlo baholarga oʻqish bilan birga, bu fanni chuqurroq oʻrganishga harakat qila boshladi. Maktabni tugatgach, otasi uni Toshkent Davlat Universitetining matematika fakultetiga boshlab bordi. Azimboy imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirib, oliygoh talabasi boʻldi va uni tugatgunga qadar faollar safida boʻldi. Oʻz kasbining malakali egasi boʻlib qaytganidan keyin u tumandagi oʻrta maktablarda onasi kabi matematika fanidan oʻquvchilarga saboq bera boshladi.

Bu orada maktabni tugatgan Rahima ham matematika fani oʻqituvchisi boʻlishni niyat qildi va oliygohda tahsil olib, oʻzi tanlagan kasbni egalladi.

Farzandlardan Dilfuza ota kasbiga mehr qoʻydi. Tabiatan ham otasiga tortgan bu qiz tengdoshlari orasida zukkoligi, bilganlarini boshqalar bilan baham koʻrishdan erinmasligi, har bir ishda puxtaligi, harakatchanligi bilan ajralib turardi. U ham aka-opasi izidan borib, oliygohda tahsil oldi va oʻqishni tugatganidan keyin maktabda boshlangʻich sinflarda dars bera boshladi. Oilaning kenjasi Dilshoda ham ancha erka oʻssada, ilm olishga juda qiziqdi va Dilfuza opasiga havas qilib, ota kasbini tanladi.

Farzandlarni kasb tanlashga yoʻnaltirish, bilimli boʻlish muhimligini uqtirish, ularni ketma-ket oliygohlarda oʻqitish, har biriga hayotda oʻz oʻrnini topishlariga koʻmaklashish Sobir ota va Gulora opaga oson kechmadi. Ular hayotiy tajribalari, oʻqib-oʻrganganlari boʻyicha nafaqat farzandlari, balki oʻzlari taʼlim berayotgan oʻquvchilarga ham astoydil tarbiya berib borar, buni oʻzlarining burchi deb bilishar edi. Gulora opa nafaqaga chiqqunga qadar yoshlarga taʼlim-tarbiya berishdan tashqari dars jarayonida qoʻllagan uslublari, tajribalari asosida fanga doir uslubiy qoʻllanmalar ham yaratdi. Nafaqat tumanda, balki butun respublikada malakali matematika oʻqituvchisi sifatida tanilishga ulgurgan opaning bu boradagi mehnatlari davlatimiz tomonidan munosib baholandi va unga “Uslubiyatchi oʻqituvchi” darajasi, “Qoraqalpogʻiston Respublikasi xalq taʼlimi aʼlochisi” koʻkrak nishoni va “Mehnat faxriysi” medali berildi.

Oʻz kasbining fidoyisi boʻlgan bu insonlar elda ham eʼzoz topishgan. Yaqinlari, hamkasblari, qoʻni-qoʻshnilarining har qanday kunida quvonch-u tashvishini birga baham koʻrish bilan cheklanmasdan, ularga zarur paytda imkon boricha koʻmak ham berishga harakat qilishdi. Bu orada elga toʻy berib, uylariga kelin tushirishdi. Ota-onasining yonida turmushning past-u balandini koʻrib ulgʻaygan Azimboy akaning ham, Sobir ota va Gulora opaning ham masʼuliyatlari yanada ortdi. Chunki endi oilaning yangi aʼzosi, bu uyga kelin boʻlib tushgan Toʻxtajonning xonadondagi tutumlarga moslashib, oʻrganib ketishiga koʻmaklashishlari kerak edi. Kelin ham shu xonadonga mos, ziyrakkina boʻlganligi sababli tezda hamma narsani oʻrganib oldi. Tuman shifoxonasida hamshira boʻlib ishlash bilan birga uy yumushlariga ham bemalol ulguradigan boʻldi. Orada farzandlari Aminboy, Iroda, Iqboloy, Dilmurod va Risolatlar dunyoga kelishdi. Tugʻishgan singillaridek boʻlib qolgan Rahima, Dilfuza, Dilshodalarni esa kelin qilib uzatishdi.

Farzandlarini uyli-joyli qilib, elga qoʻshgan Sobir ota va Gulora opalar nevaralar tarbiyasi bilan ham astoydil shugʻullanishdi. Odatdagidek, ularga ham mehnatning, ilm olishning foydasi haqida keng tushuncha berib, oʻqishga qiziqtirishdi. Bu nevaralarga oʻz taʼsirini koʻrsatmay qolmadi.

Katta nevara Aminboy matematikaga qiziqdi va Nukus Davlat Pedagogika institutining matematika fakultetida oʻqidi. Iqboloy va Iroda esa bobosi, ammalari kabi boshlangʻich taʼlim yoʻnalishini tanlashdi. Hozirgi kunda ular oʻrta maktablarda oʻquvchilarga oʻz yoʻnalishlari boʻyicha saboq berib kelishmoqda. Kenja nevaralar Dilmurod bilan Risolat esa hali talaba.

Nevaralarini ham farzandlari kabi solih, mehnatkash, halol, diyonatli, kasb-hunarli qilib tarbiyalashga erishgan Sobir ota va Gulora opalarga ularning kamolini koʻrish nasib qildi. Aminboyga oʻzidek oʻqimishli qizni kelin qilishdi. Nevara kelin ham, Aminboy ham matematika fani oʻqituvchisi boʻlib, 56-sonli umumtaʼlim maktabida dars berishadi. Ayni paytda ikki farzandning ota-onasi boʻldilar. Iqboloy va Iroda ham yaxshi xonadonlarga kelin boʻlib, farzand tarbiyasi bilan shugʻullanishmoqda. Shuning bilan birga maktabda oʻz yoʻnalishlari boʻyicha oʻqituvchilik qilishmoqda. Keksalik gashtini surayotgan nuroniylar esa nevara va chevaralar qurshovida oʻz mehnatlarining rohatini koʻrishmoqda.

– Dilmurod oʻqishini tugatib kelsa uni ham uylantiramiz, – deydi mamnunlik bilan Gulora opa. – Nasib qilsa, u kunlar ham bir-pasda keladi. Shuning uchun kelinlarim bilan hozirdan tayyorgarlik koʻrib borayapmiz. Quroq koʻrpacha, gul koʻrpalarni tikib, birgalikda tayyorlayapmiz. Harna tayyor turgani yaxshida.

Sobir ota va Gulora opaning birga umr kechirib kelayotganiga bu yil 55-yil toʻladi. Xonadon fayzi boʻlgan bu nuroniylarning ham uyda oʻz yumushlari bor. Otaxon bogʻ-tomorqa yumushlarida, onaxon esa pishirish, bichish-tikish ishlarida oiladagilarga bosh-qosh va koʻmakchi. Xonadonlarimiz koʻrki boʻlgan otaxon va onaxonlarni boshimizda qoʻyib qadrlasak, aziz va mukarram qilib, har qancha ardoqlasak ham baribir oz. Keksalar – uyning farishtasi. Turmushimiz mana shunday nuroniylar bilan fayzli. Ularning dono oʻgitlari hamisha yoʻlchi yulduzdek saodatga yetaklaydi. Shu bois har bir nuroniyga hurmat-izzat koʻrsatish, eʼzozlash va buni qadriyat sifatida yosh avlod ongiga singdirish har birimizning burchimiz hisoblanadi.

Ozoda XUDOYBERGANOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019