“Ilk qadam” dasturi asosida seminar-trening oʻtkazildi
Amudaryo tumani maktabgacha taʼlim boʻlimi taʼlim – tarbiya sifatini taʼminlash va metodik xizmatni tashkil etish shoʻʼba mudiri N.Tajimuratova va metodist O.Boʻronovalar tumandagi 43-sonli maktabgacha taʼlim muassasasida “Ilk qadam” dasturi asosida “Qishki oʻyin-kulgilar” mavzusida seminar-trening oʻtkazdi.
Tarbiyalanuvchilar ishtirokida til va nutq, qurish – yasash va matematika, fan va tabiat mavzularida taʼlimiy – oʻyin mashgʻulotlari olib borildi. Bolalar ushbu mavzular boʻyicha nutqlarini rivojlantirish, qurish – yasash orqali archa shaklini hosil qilish, muz va qum orqali tajribalar oʻtkazish, badiiy obrazlar orqali ertak qahramonlarini sahnalashtirish kabi usullarni bajarishdi.

Seminar ishtirokchilar oʻrtasidagi bahs-munozara va muhokama tarzida davom etdi. 43-sonli maktabgacha taʼlim muassasasi mudirasi M.Jumaniyazova seminar davomida oʻtkazilgan mashgʻulotlar toʻgʻrisida oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi, mashgʻulot yuzasidan tavsiyalar berdi. 3-sonli maktabgacha taʼlim muassasasi tarbiyachisi S.Iskandarova esa mashgʻulotning yaxshi oʻtganligini, toʻgʻri tashkil qilganligini va markazlar bilan ishlash qoidalariga amal qilganligini ijobiy baholab, bunday seminarlarni tez-tez tashkil qilib turish taklifini bildirdi. 43-sonli maktabgacha taʼlim muassasasi xodimi M.Artiqbayeva mashgʻulot davomida bolalarning faollik bilan ishtirok qilganliklarini, jihozlarning toʻgʻri tanlanganligini ijobiy baholab, kelgusidagi mashgʻulotlarni bundan ham qiziqarli oʻtkazish boʻyicha tavsiyalarni berib oʻtdi.
Bunday seminarlarning koʻproq tashkil qilinishi tarbiyachilarning oʻz ustilarida koʻproq ishlashlarini taʼminlab, ularning tajribalarini yanada oshirishga xizmat qiladi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶