TAʼLIM MASKANLAPIDA BOBUPXONLIK KEÇALAPI ÖTKAZILDI
Tumanimizdagi 16-sonli maktabda Zahiriddin Muhammad Boburning tavallud kuni munosabati bilan tadbir ötkazildi.
Tadbirda öquvçilarga Boburning hayoti va ijodiy faoliyati haqida batafsil maʼlumotlar berildi. Qayd etilganidek, Bobur ijodida, xususan, şeʼriyatida kindik qoni tökilgan ona yurtini dildildan qömsaş, uning tuproğiga talpiniş, ğariblik azoblaridan ötli hasrat, yoru diyor soğinçi va visol ilinji, taqdir zarbalari va turmuş uqubatlari, zamona nosozliklaridan nola badiiy tahlil etiladi.
Bobur ijodida işq-muhabbat, sevgi-sadoqat, visol va hijron mavzulari ham salmoqli örin tutadi. Uning ğazal va ruboiylarida, tuyuq va masnaviylarida maʼşuqaning maftunkor gözalligi, beqiyos husnu latofati, şarqona odobu axloqi bilan ravon misralar orqali katta mahoratda tarannum etiladi.
Manğit şahridagi 38-sonli maktabda ötkazilgan Boburxonlik keçasida sözga çiqqanlar taʼkidlab ötdilarki, hozirda Boburning 119 ğazali, 209 ruboiysi, 10 dan optik tuyuq va qitʼalari, 50 dan ortiq muammo va 60 dan ziyod fardlari aniqlangan. Devoni tarkibida umumiy hajmi 270 baytdan iborat 8 masnaviy ham örin olgan.
Aytiş kerakki, Boburning nafaqat ijodi balki hayot yöli ham yoşlar uçun ibrat maktabidir. U öz yurtida hukmronlik qilgan davrda ham, Hind diyorida hukmdor bölgan yillarda ham obodlik va farovonlikni, ilm va sanʼat ahliga xomiylik qilişni, xalqning turmuş şaroitini yaxşilaş, soliqlarni kamaytirişni özining boş vazifalari deb bildi. Umrining oxiriga qadar özi tuğilib ösgan yurtga qaytişni, uni obod qilişni orzu qilib, bu yölda kuraşib yaşadi.
Boburning ona yurt soğinçi, yor hijroni, atrofidagilarning xiyonati tufayli çekkan jabru jafolarini ifoda etuvçi ğazallari maktab öquvçilari tomonidan ifodali öqildi. Buyuk bobokalonimizning hayotida röy bergan voqealar, asarlarida gavdalangan obrazlar sahna körinişlari orqali namoyiş qilindi. Tadbir öquvçilar qalbida boy tariximizga, buyuk bobolarimiz, xususan Bobur Mirzo ijodiga hurmat tuyğularini yanada mustahkamladi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶