Navoiy ijodiga bagʻishlangan tadbir oʻtkazildi
Ayni kunlarda butun mamlakatimiz boʻylab soʻz mulkining sultoni, mutafakkir bobomiz Alisher Navoiy tavalludining 578 yilligiga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar boʻlib oʻtmoqda.
Shunday tadbirlardan biri 9-fevral kuni Mangʻit Iqtisodiyot kollejida ham boʻlib oʻtdi.
Kollejning “English Speaking Students” klubi aʼzolari tomonidan tashkillashtirilgan ushbu marosimga kollej rahbarlari, oʻqituvchilar, oʻquvchilar ishtirok etdilar. Dastlab kollej direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Yaxshimurod Ahmedov Alisher Navoiy ijodi haqida, shuningdek, uning oʻz davrida adabiy jarayonga boshchilik qilib, koʻpgina iqtidorli shogirdlar tarbiyalab yetishtirgani, davlat boshqaruvi, siyosat va ijtimoiy sohalardagi ulkan xizmatlari, Navoiy ijodini oʻrganishga berilayotgan bugungi kundagi eʼtibor haqida batafsil gapirdi.
Kollejning ijodkor va isteʼdodli oʻquvchilari Navoiy hayotiga oid sahna koʻrinishlari namoyish etishdi, alloma bobomizning ijodidan namunalar oʻqidilar.
Shuningdek, tadbirda kollejning axborot-resurs markazi xodimlari tomonidan “Milliy adabiyotimizning tengsiz namoyandasi” deb nomlangan kitoblar koʻrgazmasi namoyish etildi. Koʻrgazmadan Alisher Navoiy ijodi namunalari, dostonlari va hikmatli soʻzlari joy oldi. Dunyo tamadduniga ulkan hissa qoʻshgan koʻplab fozillar, shoirlar, mutafakkirlarning beshigi boʻlgan yurtimizda Alisher Navoiy siymosi oʻzbek tilining asoschisi, buyuk ijodkor sifatida alohida ehtirom bilan tilga olinadi. Ularning maʼnaviy merosini yoshlarga chuqur oʻrgatishda ana shunday tadbirlar bu borada muhim ahamiyatga ega.
Sayyora Ibodullayeva, shu kollej oʻqituvchisi.
Bekzod Ismoilov, Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti yetakchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶