21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 20:13
Fan va taʼlim 👁 1,116

Maktabgacha taʼlim muassasalari xodimlari uchun seminar tashkil qilindi

Maktabgacha taʼlim muassasalari xodimlari uchun seminar tashkil qilindi

Bugungi kunda mamlakatimizda maktabgacha taʼlim sohasiga katta eʼtibor qaratilib kelinmoqda.Tuman miqyosida maktabgacha taʼlim muassasalariga bolalarni qamrab olishni oshirish, muassasaning moddiy-texnik bazasini yaxshilash hamda taʼlim-tarbiya jarayoniga ilgʻor pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish boʻyicha qator ishlar amalga oshirilmoqda.

2019-yil 2-fevral kuni 9-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabi hamda Amudaryo akademik litseyi majlislar zalida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi bir guruh xodimlari ishtirokida seminar tashkil qilindi. Seminarga tumandagi barcha  maktabgacha taʼlim muassasalari mudirlari, tarbiyachi xodimlari hamda maktabgacha taʼlim boʻlimi xodimlari ishtirok qildilar.

9-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabi Musiqa maktabining majlislar zalida   maktabgacha taʼlim muassasalari mudirlari va tarbiyachi xodimlariga maktabgacha taʼlim tizimida olib borilayotgan islohotlar boʻyicha maʼlumotlar berildi. Seminar davomida muassasalarda taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil qilish, ijro intizomi va muassasa hujjatlarini yuritish, ota-onalar badal toʻlovlarini oʻz vaqtida hisob-kitob qilish ishlari boʻyicha toʻliq tushunchalar berib oʻtildi.

Maktabgacha taʼlim muassasalari uchun yangidan joriy  qilingan Davlat talablari  hamda  “Ilk qadam” oʻquv dasturini maktabgacha taʼlim muassasalarida amaliyotga tadbiq qilish, maktabgacha taʼlim muassasalariga bolalar qamrovini oshirish va bu borada olib borilayotgan ishlar boʻyicha ham batafsil maʼlumot berildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan 2018-yil 27-aprelda qabul qilingan sanitariya normalari va qoidalari boʻyicha Akademik litseyning majlislar zalida muassasalarning xoʻjalik ishlari boʻyicha mudiri, hamshira va oshpaz xodimlari uchun seminar oʻtkazildi.

Muassasalarda tarbiyalanuvchilarning sogʻlom ovqatlanishini tashkil qilish masalalariga ham alohida toʻxtalib oʻtildi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi xodimlari Shamshiddin Mamutov va Baxtigul Abdullayevalar  maktabgacha taʼlim muassasalarda sogʻlom ovqatlantirishni toʻgʻri tashkil qilish, oziq-ovqat mahsulotlarini sifatli saqlash, kundalik menyularni toʻgʻri tuzish hamda bu borada sanitariya qoidalari va meʼyorlariga amal qilish yuzasidan tushunchalar berib oʻtdilar.

Qiziqarli va foydali maʼlumotlarga boy boʻlgan seminarda mavzular slaydlar hamda koʻrgazmali vositalar orqali yanada chuquurroq yoritib berildi.

Seminar oxirida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga toʻliq javob oldilar. Bunday seminarlarning tashkil qilinishi maktabgacha taʼlim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish va yosh avlodga zamonaviy  taʼlim-tarbiya berishda muhim ahamiyat kasb etadi.

A.Nasirillayev, tuman Maktabgacha taʼlim boʻlimining maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari boʻyicha shoʻʼbasi metodisti.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026