FAXPIY USTOZLAP MAKTAB ÖQUVÇILAPI BILAN UÇPAŞDILAP
1-fevral kuni Qiliçboy ovulidagi 15-sonli umumtaʼlim maktabida “Nuroniy” jamğarmasi Amudaryo tumani bölimining “Jaholatga qarşi maʼrifat bilan kuraşamiz” nomli grant loyihasi doirasida tadbir ötkazilib, unda faxriy öqituvçilar va maktabning bitkazuvçi sinf öquvçilari iştirok etdilar.
Davra suhbati şaklida ötkazilgan uşbu tadbirni maktab direktori Murodjon Boltayev kiriş söz bilan oçib, Nuroniylar iştirokida ötkazilayotgan bunday tadbirlarning yoşlar maʼnaviyatini yuksaltirişga katta hissa qöşişga işonç bildirdi.
Tadbirda “Taraqqiyot közgusi” gazetasi masʼul kotibi Allambergan Jumaniyozov sözga çiqib, uşbu tadbirning yoşlarning böş vaqtlarini mazmunli ötkazişga, ularni mafkura maydonining har qanday huquqlaridan himoya qilişga, maʼnaviy dunyosini badiiy yetuk asarlarga singdirilgan ğoyalar bilan boyitişga, kitobxonlikka jalb qiliş orqali ularning maʼnaviyatini yuksaltirişga taʼsiri kuçli bölişi haqida gapirdi.
Tadbirda faxriylardan Poza Ismoilova, Amin Qulboyev, Komila Örazmetova, Aminboy Pajabov, Salomat Botirova va Bozorgul Maşaripovalar sözga çiqişib, yoşlarni yaxşi bilim olişga, odobli bölişga va bizning millatimiz ruhiga mos, qalblarga maʼnaviy oziq, boylik beradigan kitoblarni köproq öqişga daʼvat etdilar.
Şundan keyin 11-sinf öquvçilaridan Mavluda Hasanova, Parizod Norimova, Qunduz Töliboyeva, Marhabo Pajabova, Hakimjon Bekimbetov, Dilxuş Yöldoşev va Şahrizoda Bozorboyevalar sözga çiqişib, ustozlar – faxriy öqituvçilar bilan ötkazilayotgan uşbu uçraşuv tadbiri ularda katta taassurotlar qoldirayotgani, albatta ularning ögit-nasihatlariga amal qilişlari haqida gapirdilar.
Davra suhbati yakunida maktab direktori Murodboy Boltayev tadbir taşkilotçilariga va tadbirga taşrif buyurgan faxriy onaxon va otaxonlarga öz minnatdorçiligini bildirdi.
Allambergan JUMANIYoZOV.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶