Amudaryo telekanali koʻrsatuvlari raqamli formatda efirga uzatila boshlandi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Axborot faoliyati va maʼlumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish boʻyicha idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasining qarori bilan Amudaryo telekanali koʻrsatuvlarini Mangʻit radio-televizion stantsiyasi orqali raqamli formatda efirga uzatishga ruxsatnoma berildi.
2019-yil 26-yanvardan boshlab Amudaryo telekanali koʻrsatuvlari raqamli formatda (hozircha test rejimida) efirga uzatila boshlandi.
Amudaryo TVni kanallar roʻyxatiga qoʻshish uchun DVB T2 standartida ishlaydigan televizor yoki tyuneringizning “Sozlash” → “Avtoqidiruv” boʻlimini tanlang. Yoki qidiruvni 33-kanalda (570 mHz) amalga oshiring.
Eslatib oʻtamiz, 2010-yil 1-sentyabrda oʻz faoliyatini boshlagan telekanal koʻrsatuvlari 2019-yilning yanvar oyiga qadar Mangʻit RTSdagi 10 vatt kuchlanishli analog teleuzatgichdan efirga uzatildi. Telekanalning efir vaqti dastlab haftasiga 3 kun, kuniga 4 soatni tashkil qilgan. Keyinchalik har haftada 5 kun, kuniga 10 soatdan efirga uzatila boshlangan.
Endilikda telekanal koʻrsatuvlarini haftada 7 kun, har kuni 17 soatdan (7:00 dan 00:00 ga qadar) efirga uzatish rejalashtirilmoqda. Mangʻit RTSdagi raqamli teleuzatgichning quvvati 1 kVt (1000 vatt) boʻlib, teledasturlarni Amudaryo tumanining butun hududi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatining qoʻshni tumanlari hamda Turkmaniston Respublikasining Amudaryo tumani bilan chegaradosh hududlariga tarqatishga yetadi.
Keyinchalik telekanal koʻrsatuvlarini boshqa hududlardagi RTSlar orqali ham efirga uzatib, qamrov hududini yanada kengaytirish rejalashtirilgan.
Amudaryo telekanali tahririyati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶