14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 07:24
Maqolalar 👁 708

Juft qushlarning oltin ayyomi

Juft qushlarning oltin ayyomi

Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist, ustozimiz Saʼdulla aka Xoʻjaniyozovning butun hayoti, agar taʼbir joiz boʻlsa, tumanda maʼnaviy-maʼrifiy sohani rivojlantirish, yosh avlodni kelajakka ishonch ruhida tarbiyalash, xalqni yangi marralar sari ruhlantirish, ijtimoiy-madaniy hamda iqtisodiy muammolarni hal etishda oʻzining dadil fikri, oʻtkir jurnalistik faoliyati bilan bogʻliq vazifani sabr-toqat va qanoat ila ado etishdek fidoyi mehnat onlarida kechdi. 1967-yilda ilk jurnalistlik faoliyatini “Amudaryo haqiqati” (hozirgi “Taraqqiyot koʻzgusi”) gazetasida oddiy muxbirlikdan boshlagan Saʼdulla aka Xoʻjaniyozov, 40-yildan ziyod hayotini gazeta tahririyati bilan bogʻladi va tuman matuboti sohasida oʻz ijod maktabini yarata oldi.

Xalqimizda “qanot juft boʻladi”, degan hikmat bor. Otaxon jurnalist umr yoʻldoshi, matbuot fidoyisi Yangiljon opa Hamroyeva bilan turmush qurganlarida nafaqat uning qanotlari juft boʻldi, balki hayot quvonchlari va tashvishlarini birgalikda koʻtaruvchi kiftlari ham juft boʻldi. Ikki ijodkor juft qushlar kabi parvoz qildilar.

Oila deb atalmish mehr-muhabbat saltanatini qurganlarida, bu oila saltanatida oʻziga xos muqaddas qadriyat va tutumlar asosida biri-biridan oqibatli farzandlarni tarbiyalab, voyaga yetkazganlarida oʻzlari hayotda hamisha amal qilib yashagan sabr-toqat va qanoatning shirin mevalarini terdilar. El-yurtga kamarbasta tadbirkor farzandlari Zafarjon, Sharofjon, Abdullajon, koʻplab yoshlarning ustozi Hulkaroy va Inobatxon, Irodaxonlar, biri-biridan oʻqimishli, shoirtabiat, intiluvchan nevaralari, qolaversa, el-yurt eʼzozi bilan bugun nuroniy yoshga yetgan otaxon jurnalist Saʼdulla Xoʻjaniyozov va matbuot fidoyisi Yangiljon Hamroyevalarning oila saltanati yanada nurafshon, mehr-oqibat gulshaniga aylangan.

Bu ikki fidoyi inson turmush qurganlariga bugun 50-yil toʻldi. 50-yil! Sabr-toqat, qanoat va mehr-muhabbatning oltin ayyomi. Oʻzaro hurmat, eʼtibor, oʻzbekona tutumlarning qadri baland tutilgani, umr deb atalmish ser-zahmat yoʻlning eng charogʻon manzili bu! Bu manzilga yetgunga qadar hayot osmonida hamisha juftlashib parvoz qilgan qushlar kabi oldinga, kelajakka intilib yashagan fidoyi insonlar – aziz va muhtaram ustoz Saʼdulla aka Xoʻjaniyozovni va Yangiljon opa Hamroyevani turmush qurganlarining eʼzoz va ehtiromga munosib oltin ayyomi – 50-yilligi bilan chin dildan tarbiklaymiz. Yana uzoq yillar qoʻsh qanot boʻlib parvoz qilmoq, ijodiy faoliyat yuritmoq nasib etsin, deymiz!

“Ming bir fard”ni tuzib, xalqqa ulashgan,

Haqiqat yoʻlida tolmagan sira.

Juft uchgan qushlarday ahil, juftlashgan,

Koʻngil oshyonlari goʻzal, bokira.

“Hayot hadyalari” boshlarida toj,

Farzandlar mehridan obod oila.

Bu umr taxtiga eng munosib boj –

Vafo-yu sadoqat – oltin qoida.

Shunchalar mehribon bobo va momo,

Xonadonning asl farishtalari.

Umringiz kuzagin koʻrmangiz aslo,

Oila qoʻrgʻonin baxt rishtalari.

Ustoz, Sizga hamroz Yangiljon momo,

Umringiz taxtini yasatib bergan.

Bugun boʻlsangiz-da nuroniy bobo,

Hamon sadoqatda egilib turgan.

Mehringiz taftidan bahra olib el,

Yana davron suring Ustoz, ellik yil!

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019