Fuqarolik ishlari boʻyicha tuman sudi tomonidan koʻrilgan ishlarning 40,2 foizi sayyor sud majlislarida koʻrib chiqildi.
Fuqarolik ishlari boʻyicha sud bir tarkiblidir. Fuqaro daʼvolarga oid ishlar, qonunda bunday daʼvolarni hal qilish boshqa sudlarga yoki boshqa organlarga topshirilgan holatlardan tashqari ishlar hamda korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining maʼmuriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan yuzaga kelmaydigan qarorlari, shuningdek, mansabdor shaxslarning harakatlari yoki harakatsizliklari yuzasidan nizolashish toʻgʻrisidagi ishlar, tegishli qonunga koʻra alohida tartibda koʻriladigan ishlar, qonun bilan sudlarning vakolatiga berilgan boshqa ishlar mazkur sudga tegishli ishlar hisoblanadi.
Fuqarolik ishlari boʻyicha tumani sudi tomonidan aholi oʻrtasida fuqarolik ishlari boʻyicha daʼvo qilishda huquq va burchlarini tushuntirish boʻyicha 28 marotaba uchrashuvlar oʻtkazildi. Uchrashuvlarda 1 ming 92 nafar fuqaro ishtirok etdi. Undan tashqari, 2 ming 954 ijro hujjatlari majburiy ijro byurolariga ijro uchun yuborildi. Yil davomida Fuqarolik ishlari boʻyicha tuman sudi tomonidan 257 ta, yaʼni 40,2 foiz fuqarolik ishlari sayyor sud majlislarida koʻrib chiqildi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶