Dil izhori
Xalqimizda qayering oğrisa, joning şu yerda böladi, degan gap bor.
Ha, çindan ham qayerimiz oğrisa, butun hayotimiz xuddi şu aʼzoga taalluqliday tuyulib ketadi. Biroq tanamizda şunday aʼzo borki, uning öz vazifasini ado etolmay qolişi umrimizga yakun yasaşi mumkin. Bu – yurak.
Men ne umidlar bilan yölga çiqib, Toşkentdagi nufuzli kardiomarkazlarda “jarrohlik amaliyotini endi kötara olmaysiz, biz 50 yoşdan oşganlarga bu amaliyotni qöllamaymiz”, degan javobni eşitganimda endi yuragimning qaçon urişdan töxtaşini kutar ekanmanda, deb öylagandim. Çunki men öşa vaqtda 54 yoşda edim. Uyga kelgaç, ahvolim badtar oğirlaşdi.
Aslida bolaligimdan tez-tez mazam qoçib, davolanib turar edim. Revmatizm asorati yurakka taʼsir qilgan degan taşhis qöyişgandi. Keyin menda tuğma yurak nuqsoni, yaʼni bölmaçalararo devor defekti borligini aniqlaşdi.
Şu taşhis bilan ham 4-yilça yurib, Toşkentga borganimda hali aytganimday, “vaqtni ötkazib yuboribsiz”, degan javob oldim.
Bu xulosa bilan yaşaş oson emasdi. Noiloj Xorazm viloyati kardiologiya markaziga bordim.
Şuni aytişim kerakki, markaz poliklinikasiga kirişim bilan oq xalat kiygan hamşiralar qayerga, kimga uçraşişim lozimligini aytib, yöl boşlaşdi, şirin muomalasi bilan dalda bölişdi.
Meni yurak tuğma nuqsoni bölimiga qabul qilişdi va çuqur tekşiruvlardan söng jarrohlik amaliyotini ötkazamiz, deyişdi. Men rozi böldim. Şunday qilib, 2018-yilning 14-dekabr kuni meni operatsiya qilişdi. Operatsiyadan söng ilk bor közimni oçgan vaqtlarimni heç qaçon unutmasam kerak. Axir menga Toşkentda bu amaliyotga bardoş bera olmaysiz, deyişgan edi-da. Hayot qançalik totli va aziz ekanligini şunda çuqur his qildim.
Ha, tiriklik – bebaho neʼmat. Bu neʼmatni Yaratgan menga yurak jarrohi, mohir şifokor Raşid Nurullayevni vositaçi qilib qaytarib bergan bölsa, ajab emas. Buning uçun şifokorlar Sanʼat Soburov, Bekpölat Hojiyev, Qahramon Yangiboyev, Mansur Madrimov, bölimdagi barça hamşiralardan çeksiz minnatdorman. Ilohim, qöllari dard körmasin, doim el soğligi yölida hormay-tolmay işlab yurişsin, deyman.
Abdumurod HAYTEKOV, Tölqin ovuli.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶