MAGʻLUBIYaTIM HAM SABOQ BOʻLDI
Men 33-sonli maktabning 11-sinfida oʻqiyman . Kelgusidagi rejam oliygohga kirib oʻqish va oʻqituvchi boʻlish. Bu kasbga menda havas uygʻotgan ona tili va adabiyoti fani oʻqituvchimiz Dilfuza opa Oʻtaboyevadir. Qolaversa maktabimiz direktori Hanifa opa Yaxshimova doim bizni oʻqish – oʻrganishga undaydilar, sizlarning salohiyatingiz qanchalik yuqori boʻlsa, yurtimiz shunchalik qudratli boʻladi deydilar, biz bilan suhbatlashishdan erinmaydilar.
Men ustozlarimizning oʻgitlariga amal qilishga intilaman va aʼlo baholarga oʻqiyapman. Oʻtgan oʻquv yillarda Fanlar olimpiadasida tumanda gʻolib boʻlib, respublika bosqichida qatnashgandim. Bu yil ham olimpiadada qatnashdim, biroq tumanda kuchli oʻntalikka kira olmay qoldim. Bundan juda ruhim tushib ketdi. Biroq keyinchalik bu haqda chuqurroq oʻylab koʻrib, oʻzimga xulosalar oldim, xotirjamlikka berilmay, koʻproq oʻqishim zarurligini angladim. Men hayotimda yosh boʻlsam ham koʻpgina muammolarga duch kelganman. Va anglab yetdimki, insonga hayotda qoqilmaslik, yaxshi yashash uchun ham koʻp oʻqish kerak ekan. Shuning uchun tengdoshlarimga oʻzimizga oʻqish-oʻrganish uchun yaratilgan imkoniyatlarni boy bermaylik, bilimlar koni kitoblarga oshno boʻlaylik degim keladi.
Ozoda BOTIROVA,
33-sonli maktab oʻquvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶