INTILISh- YuTUQLARGA YeTKAZADI
Bu shunchaki gap emas. Kimki ezgu niyatlar yoʻlida harakat qilsa, albatta yaxshi natijalarga erishadi. Buni men oʻz hayotimda his qildim.
Men bir necha yillardan beri Bolalar –oʻsmirlar sport maktabining stol tennisi toʻgaragiga qatnashaman. Shu vaqtgacha mashqlar davomida oʻz mahoratimni oshira borib, koʻpgina yutuqlarga erishdim. Ayniqsa 2018-yilda oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida ikkinchi oʻrinni egallaganligim oʻzimga ishonchimni oshirdi, sport bilan yana ham jiddiy shugʻullanishga undadi.
Kelgusida mahoratimni oshira borib, xalqaro maydonda ham mamlakatimiz sport sharafini munosib himoya qilish niyatidaman.
Tengdoshlarimga sport bilan shugʻullanish oʻqishingizga xalal bermaydi, aksincha kuchli, chidamli boʻlishingizga yordam beradi,shuning uchun albatta, siz ham biror toʻgarakka qatnashing,degim keladi.
Sevinch RAJABOVA,
16-sonli maktab oʻquvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶