MIB Amudaryo tuman boʻlimi tomonidan 2018-yilda 111 ta aholi xonadonlari hamda ulgurji isteʼmolchilar energiya resurslari tarmogʻidan ajratildi
Elektr va gaz taʼminoti sohasida boshqaruv tizimini, nazorat va hisobga olish mexanizmlarini yanada takomillashtirish, toʻlov intizomini mustahkamlash, javobgarlikni kuchaytirish, ijro ishi yuritishning samaradorligini tubdan oshirish maqsadida tashkil etilgan Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi tuman boʻlimining oʻtgan davr mobaynida sohada amalga oshirilgan ishlar, belgilangan ustuvor vazifalar xususidagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
16-yanvar kuni Byuroning tuman boʻlimi rahbarligida oʻtkazilgan yigʻilishda tumandagi korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi. Yigʻilishda Majburiy ijro byurosi tuman boʻlimi tomonidan oʻtgan 2018-yil davomida elektr energiyasidan 6 mlrd. 28 mln. soʻmlik 13 ming 218 dona, tabiiy gazdan 5 mlrd. 344 mln. soʻmlik 11 ming 728 dona, ichimlik suvidan 473 mln. soʻmlik 2 ming 401 dona qarzdorlikni oʻz vaqtida bartaraf etish boʻyicha bajarilishi majburiy boʻlgan talabnomalar berilganligi, boʻlim xodimlari tomonidan qarzdorligi mavjud 111 ta aholi xonadonlari hamda ulgurji isteʼmolchilar energiya resurslari, ichimlik suvi tarmogʻidan ajratilganligi, 126 ta isteʼmolchining energiya resurslari va ichimlik suvidan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlangani toʻgʻrisida batafsil maʼlumot berildi. Shuningdek, energiya resurslaridan oqilona foydalanish hamda isteʼmol qilingan elektr, tabiiy gaz va ichimlik suvi uchun toʻlovlarni oʻz vaqtida amalga oshirish, debitor qarzdorliklarni kamaytirish kerakligi taʼkidlab oʻtildi.
Yigʻilish soʻngida yuzaga kelgan debitor qarzdorliklarni bartaraf etish, joylarda toʻlov intizomiga qaʼtiy rioya etish haqida targʻibot va tashviqot ishlarini amalga oshirishni yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶