FANLAP OLIMPIADASINING TUMAN BOSQIChI OʻTKAZILDI
Umumtaʼlim maktablarida taʼlim olayotgan oʻquvchilarning bilimini baholashda “Bilimlar bellashuvi”, Fanlar olimpiadasi muhim oʻrin tutadi. Joriy yilda ham mazkur tadbirlarni oʻtkazishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
7-yanvar kuni tumanimiz maktablarining 9-11- sinflari oʻquvchilari oʻrtasida Fanlar olimpiadasining tuman bosqichi oʻtkazildi. Tadbir 40-sonli maktab binosida boʻlib oʻtdi. Unda olimpiadaning quyi bosqichlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan 76 ta maktabdan 473 nafar oʻquvchilar gʻoliblik uchun bellashdilar. Oʻquvchilar bilimini baholash uchun 21 ta fan boʻyicha 200 nafarga yaqin hakamlar hayʼati, 60 nafar kuzatuvchilar, 60 nafar auditoriya rahbarlari jalb qilindi.

Kim gʻolib? Kim eng bilimdon? Buni uch bosqichda oʻtkazilgan Fanlar olimpiadasining tuman bosqichi natijalari koʻrsatdi.
Bahslarda oʻz bilim va salohiyatini namoyish eta olgan 175 nafar 9-sinflar oʻquvchilarining 28 nafari, 159 nafar 10- sinf oʻquvchilaridan 37 nafari, 134 nafar 11-sinf oʻquvchilaridan 35 nafari Fanlar olimpiadasining Qoraqalpogʻiston Pespublikasi bosqichiga yoʻl oldilar.
Shuni alohida taʼkidlash kerakki, jami 100 nafar oʻquvchilar endi Qoraqalpogʻiston Pespublikasi miqyosida tumanimiz sharafini himoya qiladilar. Maʼlumot uchun: oʻtgan yili tumanimiz oʻquvchilari Fanlar olimpiadasida umumjamoa hisobida Qoraqalpogʻistonda ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan edi.

O.PAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶