Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tadbiri oʻtkazildi (+foto, video)
Video, Tas-ix
Video, YouTube
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 27 yilligi va 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni butun mamlakatimizda boʻlgani kabi tumanimizda ham keng nishonlandi. Bayram oldidan 2018-yilning 15-dekabridan 2019-yilning 15-yanvarigacha oʻtkazilgan vatanparvarlik oyligi doirasida ovul va mahallalarda, tashkilotlarda oʻtkazilgan milliy armiyamizning jangovar harbiy qurol-aslahalar, texnikalar namoyish etilgan tadbirlar, shuningdek, oʻrta maxsus, kasb-hunar va umumtaʼlim maktablarida oʻtkazilgan “Mardlik va jasorat” deb nomlangan darslar yurtdoshlarimiz, yoshlarimiz koʻnglida tinchlik, osoyishtaligimiz posbonlari mehnatiga hurmat-ehtirom hissini mustahkamladi. Sarhadlarimizda sergak va hushyor turib, ona Vatanimizni qoʻriqlayotgan askarlarni bugun butun xalqimiz olqishlamoqda.
Sana munosabati bilan 14-yanvar kuni tuman Madaniyat boʻlimida tantanali tadbir boʻlib oʻtdi.
Tadbirda tuman hokimi S.Yoʻldashev, “Nuroniy” jamgʻarmasi tuman boʻlimi boshligʻi B.Ollamberganov, 64-sonli maktab yoshlar yetakchisi Sh.Xalillayeva, “92-02” D harbiy qism komandiri E.Joʻraboyevlar yigʻilganlarni butun mamlakatimizda keng nishonlanayotgan 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni bilan qizgʻin qutladilar va yurtimiz tinch, osmonimiz doim musaffo boʻlishini tiladilar.
Tadbirda tuman Madaniyat boʻlimi xodimlari tomonidan tayyorlangan kontsert dasturi namoyish etildi, Vatanni, tinchlikni, shu bebaho neʼmatni koʻz qorachigʻiday himoya qilayotgan milliy Armiyamiz, yurtimizning mard va jasur harbiy oʻgʻlonlarini madh etuvchi kuy-qoʻshiqlar bayram shodligiga shodlik qoʻshdi. Aslida bu har qancha ulugʻlansa arziydigan bayram. Boisi, mustahkam va jangovar milliy armiyamiz bor ekan – xalqimizning koʻngli xotirjam.
O.RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶