31-MAKTABDA HARBIY VATANPARVARLIK MAVZUSIDA TADBIR OʻTKAZILDI
11-yanvar kuni Amudaryo tumanidagi 31-sonli maktabda 2018-yilning 15-dekabridan 2019-yilning 15-yanvariga qadar oʻtkazilayotgan vatanparvarlik oyligi doirasida “Vatan – muqaddas, uni himoya qilish sharafli burchdir!” shiori ostida tadbir boʻlib oʻtdi.
Tadbirda 9202-harbiy qism xodimi, podpolkovnik Alibek Maʼdiyev, 9115-harbiy qism xodimi, mayor Azizbek Maʼmurov, 9202 “D” harbiy qism katta serjanti Otabek Mahmudov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligining Amudaryo tumani boʻlimi boshligʻi Moʻʼminjon Matyusupov, Amudaryo tumani maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari Mahmud Saparboyevlar ishtirok etdilar.
Vatanparvarlik oyligi doirasida oʻtkazilgan ushbu tadbirda podpolkovnik A.Maʼdiyev va mayor A.Maʼmurovlar soʻzga chiqishib, mamlakatimizda Vatan mudofaasini kuchaytirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar, bu borada vatanparvar yoshlarning shijoatli harakatlari haqida gapirdilar.
Shundan keyin Qurolli kuchlarimiz hayotini aks ettiruvchi hujjatli film, harbiy qurol-aslahalar koʻrgazmasi va xizmat itidan foydalanish boʻyicha koʻrgazmali mashgʻulot namoyish etildi.
Maktabda vatanparvarlik oyligi doirasida oʻtkazilgan ushbu tadbir oʻquvchilarda katta taassurotlar qoldirdi.
A.JUMANIYoZOV.
(Foto - http://uza.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶