TUMAN XALQ TAʼLIMI BOʻLIMIGA 3 MINGGA YaQIN BADIIY KITOB TOPShIPILDI
Oʻzbekiston Pespublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev yoshlarni har tomonlama qoʻllab –quvvatlash, ular koʻnglida mamlakatimiz kelajagi uchun masʼuliyat hissini tarbiyalash, ularni tashabbuskor va fidoyi qilib kamolga yetkazish maqsadida 2018-yil 18-iyulda “Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini takomillashtirishga doir kompleks chora- tadbirlar toʻgʻrisida” Qaror qabul qilgan edi. Ushbu qaror ijrosini taʼminlashga hissa qoʻshish maqsadida Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi yoshlar orasida kitobxonlikni keng targʻib qilib,”Yoshlar kutubxonasi” loyihasini amalga oshirmoqda. Yaqinda loyiha doirasida Yoshlar ittifoqi markaziy Kengashi tomonidan ittifoqning Qoraqalpogʻiston respublikasi Kengashiga 27 ming 36 turdagi badiiy kitoblar topshirildi. Ushbu tantanali marosimda Qoraqalpogʻiston respublikasi xalq taʼlimi vaziri A. Ayapov, Yoshlar ittifoqi Qoraqalpogʻiston Pespublika Kegashi raisi A. Daniyarovlar ishtirok etdilar va taqdim etilayotgan kitoblar oʻquvchilarining xohish- istaklari inobatga olinib tanlanganini, endilikda bu kitoblarni oʻquvchilarning puxta oʻqib oʻrganishlarini taʼminlash lozimligini, shu kitoblar asosida kelgusida oʻquvchilar orasida kitobxonlik tanlovlari oʻtkazilishini taʼkidladilar.
Shunisi diqqatga sazovorki, 36 turdagi 27ming kitoblarning 2880 tasi bizning tumanimiz xalq taʼlimi boʻlimiga topshirildi. Endilikda bu kitoblar tumanimiz taʼlim muassasalaridagi “Yoshlar kutubxonasi”lariga topshiriladi va oʻquvchilar maʼnaviyatini yuksaltirishga xizmat qiladi.
O.PAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶