FANLAR OLIMPIADASI TUMAN BOSQIChI BOShLANDI: 473 NAFAR OʻQUVChILAR BILIMI SINOVDAN OʻTKAZILMOQDA
Umumtaʼlim maktablarida taʼlim olayotgan oʻquvchilarning bilimini baholashda “Bilimlar bellashuvi”, fanlar olimpiadasi muhim oʻrin tutadi. Joriy yilda ham mazkur tadbirlarni oʻtkazishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Bugun – 7-yanvar kuni tumanimiz maktablarining 9-11-sinflari oʻquvchilari uchun fanlar olimpiadasining tuman bosqichi boshlandi. Tadbir 40-sonli maktab binosida boʻlib oʻtmoqda. Unda olimpiadaning quyi bosqichlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan 76 ta maktabning 473 nafar oʻquvchilari gʻoliblik uchun bellashmoqda. Oʻquvchilar bilimini baholash uchun 21 ta fan boʻyicha 200 nafarga yaqin hakamlar hayʼati, 60 nafar kuzatuvchilar, 60 nafar audatoriya rahbarlari jalb qilindi.
Kim gʻolib boʻlarkin? Kim eng bilimdon? Buni uch bosqichda oʻtkazilayotgan fanlar olimpiadasining tuman bosqichi natijalari koʻrsatadi.
Maʼlumot uchun: oʻtgan yili tumanimiz oʻquvchilari fanlar olimpiadasida umumjamoa hisobida Qoraqalpogʻistonda ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan edi.

O.RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶