Maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar Vatanga muhabbat, burchga sadoqat tuygʻulari mustahkamlanishiga xizmat qilmoqda
Mamlakatimiz Qurolli Kuchlari tashkil etilganiga 27-yil toʻlmoqda. Shu munosabat bilan joylarda “Vatanparvarlik oiladan boshlanadi” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazib kelinmoqda.
5-yanvar kuni Mangʻit iqtisodiyot kasb-hunar kollejida ham shu mavzuda maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi. Beruniy nomidagi, “Olmazor”, “Doʻstlik”, “Yangiobod”, “Farovon”, “Boʻston” mahallalari aholisi, uyushmagan yoshlar ishtirokida oʻtkazilgan tadbirda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha tuman Kengashi raisining yoshlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari Otabek Ibragimov, tuman Mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻi Ixtiyor Nodirov, Mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari Zarif Pajabov, tuman Ichki ishlar boʻlimi profilaktika inspektori Poʻlat Abitov, tuman Maʼnaviyat va maʼrifat markazi boʻlimi boshligʻi Mahmud Safarboyev, ”9202- D” harbiy qism katta serjanti Otabek Mahmudovlar qatnashdilar hamda Vatanga muhabbat, Vatan oldidagi burch va sadoqat, uni ado etish masʼuliyati haqida soʻz yuritdilar.
Tadbirda “Vatan - muqaddas” mavzusida videorolik namoyish etilib, shu boʻyicha hamda aholini, yoshlarni qiziqtirgan masalalar yuzasidan savol-javob tarzida suhbat oʻtkazildi.
“Vatanparvarlik oiladan boshlanadi” mavzusidagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbir ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶