Konstitutsiya inson manfaatiga xizmat qiladi
davlatning asosiy qonuni boʻlib, har bir mamlakatning qiyofasi va nufuzini belgilaydi. Oʻzbekiston Respublikasi si ham mamlakatimizni dunyoga tanitgan, xalqaro munosabatlarning teng huquqli subʼekti sifatida faol harakat qilishga huquqiy zamin yaratgan muhim hujjatdir.
Konstitutsiyaning har bir moddasi inson uchun, uning moddiy va maʼnaviy talab va ehtiyojlarini, manfaatlarini amalga oshirish uchun xizmat qiladi. Unda birinchi navbatda shaxs manfaati ustunligi belgilanib, uning huquq va erkinliklari hamda manfaatlari eng oliy qadriyat deb muhrlangan.
Fuqarolarning Konstitutsiya va qonunchilikda belgilangan ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va shaxsiy huquqlari jahondagi rivojlangan davlatlar va umumeʼtirof etilgan xalqaro hujjatlar talablariga monand ravishda kafolatlangan. Konstitutsiyaning har bir moddasi oʻzbek mentaliteti, tarixi, koʻp millatli xalqimizning irodasi, inson huquqlari va davlat suvereniteti gʻoyalariga sodiqligi, xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan qoidalari ustunligi tan olingan holda ulugʻ xalqimiz tafakkuri durdonalari bilan boyitilgan yuksak maʼnaviyat va maʼrifat gʻoyalariga asoslangan.
Konstitutsiyamizda belgilangan ustuvor vazifalarni, davlatimizdagi mavjud qonunlarda koʻrsatilgan talablarni bajarish, qabul qilinayotgan qarorlarni amalga oshirish, ularning qonuniyligini taʼminlash, inson huquq va manfaatlarini himoya qilish esa asosiy vazifamizdir.
Sardor Matchonov,
tuman prokurorining yordamchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶