18.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
18.10.2026, 03:48
Jamiyat 👁 988

OʻzMTDP tuman Kengashi faoliyati – 2018-yilda

OʻzMTDP tuman Kengashi faoliyati – 2018-yilda

OʻzMTDP Amudaryo tuman Kengashi tarkibida faoliyat yuritayotgan 43 ta boshlangʻich partiya tashkiloti 1365 nafar partiya aʼzolarini birlashtirgan. 2018-yil hisobiga 100 dan ortiq yangidan aʼzolar qabul qilindi va 2 ta BPT tashkil etildi. Partiya aʼzolari safining 43% foizini yoshlar, 57 foiziini esa xotin-qizlar tashkil etadi.

OʻzMTDPdan saylangan Xalq deputatlari tuman Kengashining deputatlik guruhida 9 nafar deputat faoliyat olib bormoqda. Joriy yilda OʻzMTDP deputatlik guruhi tomonidan jami 4 ta mansabdor shaxslarning xisobotlari tinglandi.

Xalq deputatlari tuman Kengashiga OʻzMTDP deputatlik guruhi aʼzolari tomonidan tumandagi mavjud muammoli masalalar yuzasidan 31 ta deputat soʻrovlari berilib, barchasiga tegishli javoblar olindi.

Sessiya kun tartibiga yil davomida 6 ta masala taklif etilib, bu masalalar Xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyalarida koʻrib chiqildi.

Xalq deputatlari tuman Kengashining ijtimoiy-madaniy rivojlantirish hamda yoshlar siyosati va sogʻlom avlodni tarbiyalash masalalariboʻyicha doimiy komissiyasida jami 24 ta masala koʻrib chiqildi.

Shu kungacha partiya tomonidan jami 56 ta tadbir oʻtkazilgan boʻlib, shundan 35 tasi «Yoshlar qanoti» tomonidan tashkil etilib, bu tadbirlarda 1687 nafar partiya faollari ishtirok etdi.

Partiya tomonidan yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishlari, kam taʼminlangan oilalar farzandlarini turli xil fan va hunar toʻgaraklariga jalb qilish maqsadida tashkil etilgan “Xizmat – beminnat” loyihasi doirasida OʻzMTDP Amudaryo tuman Kengashi tomonidan joriy yil davomida 14 ta bepul oʻquv kurslari tashkil etildi. Mazkur oʻquv va hunarmandchilik boʻyicha kurslarda 100 dan ziyod yoshlar bepul taʼlim va kasb-hunar oʻrganib kelmoqda. Ularga 14 nafar koʻngilli murabbiylar saboq berib kelmoqda.

Joriy yil mobaynida tuman Kengashining “Yoshlar qanoti” tomonidan “Uyma-uy” loyihasi doirasida tumandagi uyushmagan yoshlar bilan ishlash, ularning bandligini taʼminlash boʻyicha 70 ta xonadonga tashrif buyurildi. Natijada 45 nafar uyushmagan yoshlarga turli masalalarda yordam koʻrsatildi.

Partiyaning «Ayollar qanoti» tomonidan tashkil etilayotgan tadbirlarda 568dan ortiq partiya faollari qatnashdilar. Partiya tashabbusi bilan oʻtkazib kelinayotgan “XXI-asr ayoli” Respublika koʻrik tanlovida 40-sonli umumtaʼlim maktabi oʻqituvchisi Iroda Yaxshimuratova uchinchi marotaba Respublika bosqichida 2-oʻrinni egallagan boʻlsa, 65-sonli maktabning 8-sinf oʻquvchisi Nilufar Turkmanboyeva “Navoiy vorislari” Respublika koʻrik-tanlovining navbatdagi Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida Navoiy gʻazallari bilimdoni sifatida faxrli 2-oʻrinni egalladi.

OʻzMTDP Amudaryo tuman Kengashiga 2018-yil jismoniy va yuridik shaxslardan 28 ta murojaat kelib tushdi. Ushbu murojaatlar ijobiy hal etilishiga koʻmaklashildi.

Partiyaning tuman Kengashi tomonidan partiya faoliyatini ommaviy axborot vositalarida yoritish boʻyicha yil davomida jami 208 ta chiqishlar tashkil qilingan boʻlib, shundan televideniyedagi chiqishlar soni 54 ta, radioda chiqishlar soni 3 ta, gazeta va jurnallarda chiqishlar soni 10 ta, internet saytlarida 11 ta, ijtimoiy tarmoqlarda chiqishlar soni 140 tani tashkil etdi. Umuman olganda OʻzMTDP Amudaryo tuman Kengashi faoliyati QR Kengashi tomonidan yil yakunida boʻlib oʻtgan yigʻilishida partiyaning barcha koʻrsatkichlari boʻyicha yuqori natijalarga erishilgani alohida eʼtirof etib oʻtildi hamda Halq deputatlari shahar va tuman Kengashlaridagi OʻzMTDP deputatlik guruhlari orasida natijali faoliyat olib borib, faollik koʻrsatganligi uchun hurmat yorligʻi va baholi sovgʻalar bilan taqdirlandi.

Shuningdek, Xalq deputatlari tuman Kengashining OʻzMTDPdan saylangan 2 nafar deputati - 25-Toʻlqin saylov okrugi deputati Adilboy Yusupov "Xalqparvar deputat" nomiga, 6-Olmazor saylov okrugi deputati Sh.Yangibayeva "Mehnatkash deputat" nomiga sazovor boʻlishdi. Bu kabi yutuqlarimiz bizni yanada faol boʻlishga va oʻz ishimizga boʻlgan masuliyatni yanada oshirishga undaydi.

Sh.Yangibayeva, OʻzMTDP Amudaryo tuman

Kengashi raisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026