2018-YILDA AMALGA OŞIRILGAN IŞLAR SARHISOBI: Kommunal soha va kommunikatsiyalar
“Obod qişloq” dasturiga kiritilgan “Nazarxon” ovulida 498 ta xonadonning tabiiy gaz, 231 ta xonadonning suyultirilgan gaz bilan taʼminlaniş darajasi yaxşilandi. Dastur doirasida Qipçoq şaharçasidagi xonadonlarga 492 dona suyultirilgan gaz ballonlari tarqatildi.
Tuman hududidagi aholiga suyultirilgan gaz tarqatiş böyiça 5 ta servis markazlari orqali 25 ming 613 ta xonadon suyultirilgan gaz bilan taʼminlanmoqda.
Suyultirilgan gaz tarqatiş borasida uzilişlarning oldini oliş maqsadida yil davomida jami 2 ming 704 ta yangi maişiy gaz ballonlari olib kelinib, şundan 2 ming 516 tasi aholiga tarqatildi.
2017-2021-yillarda elektr energiyasi tarmoqlarini rekonstruktsiya-modernizatsiya qiliş hamda mukammal taʼmirlaş işlarini amalga oşiriş böyiça rejalar işlab çiqildi.
Unga köra 2018-yilda 6,2 km. uzunlikdagi elektr tarmoqlari rekonstruktsiya qilinib, Farovon mahallasi, Amir Temur nomli, Örta qalʼa, Qiliçboy ovullari hududlariga yangidan transformator punktlari örnatildi.
“Obod qişloq” dasturi doirasida Nazarxon ovulida 8,1 km. zamonaviy SIP kabel liniyalari, 1 dona yangi transformator punkti örnatilib, 3 dona transformator punkti mukammal taʼmirlandi. Qipçoq şaharçasida esa 10,9 km. SIP kabel tortilib, 2 dona yangi transformator punkti örnatildi va 4 dona transformator punktlari mukammal taʼmirlandi.
Tuman hududidagi içki yöllarni joriy taʼmirlaş uçun davlat dasturiga asosan 2018-yilga 483 mln. 630 ming söm ajratilgan bölib, ötgan 11 oy davomida 270 mln. sömlik işlar amalga oşirildi.
2018-yilda “Obod qişloq” dasturiga kiritilgan Qipçoq şaharçasidagi elektr avtomat telefon stantsiyasi kapital taʼmirdan çiqarilib, 1000 metr havo aloqa tarmoği rekonstruktsiya qilindi. Şuningdek, tuman böyiça jami 1330 metr uzunlikda optik tolali aloqa kabeli tortildi.
Ötgan yilda “Qipçoq şaharçasi – Manğit şahri – Turkmaniston Respublikasi çegarasi” davlat ahamiyatidagi avtomobil yölining 15 km. qismi 15 mlrd. sömlik mablağ evaziga 15 kun içida mukammal taʼmirlandi. Yöl böylariga bekatlar va piyodalar yölakçalari qurilib, tungi yoritgiçlar örnatildi.
2018-yil davomida tumanda Respublika ahamiyatidagi yöllarni joriy taʼmirlaş böyiça 5 mlrd. 979 mln. sömlik iş bajarildi. Jumladan, 4R181 avtomobil yölining 11,6 km. qismiga qora qoplama yotqizildi, 16,2 km. yöl yoqasi çaqiq toş bilan mustahkamlandi.
2018-yilda Qipçoq ponton köprigi joriy taʼmirlandi. Şuningdek, yöl yoqasiga bekat qurildi va bir qança joylarga yöl belgilari örnatildi.
2018-yil uçun mahalliy ahamiyatdagi avtomobil yöllarini joriy taʼmirlaş uçun 507 mln. 659 ming söm ajratilgan bölib, bu borada rejada belgilangan işlar töliq bajarildi.
2018-yilda aholining içimlik suvi taʼminotini yaxşilaş maqsadida manzilli davlat dasturi doirasida 1 mlrd. 225 mln. söm mablağ evaziga Gulzor mahallasida 6 km. uzunlikdagi suv quvurlari qurildi. Dastur doirasida Durunki mahallasiga 1 mlrd. 150 mln. söm evaziga 5,7 km. uzunlikdagi suv quvurlari tortildi. Döstlik mahallasi hududiga 2,5 km. uzunlikdagi magistral suv tarmoqlarini ötkaziş uçun esa 1 mlrd. 303 mln. söm sarflandi. Bundan taşqari, “Gurlan” va “Qipçoq” köçalari böylab ötkazilgan 3 km. uzunlikdagi suv tarmoqlari 1 mlrd. 537 mln. söm evaziga rekonstruktsiya qilindi.
“Obod qişloq” dasturi doirasida “Nazarxon” ovulida 656,7 mln. söm evaziga 6,9 km. suv tarmoqlari qurildi va aholining içimlik suvi taʼminoti yaxşilandi. Dasturga muvofiq Qipçoq şaharçasida 660,2 mln. söm mablağ evaziga yangidan 2 ta zamonaviy körinişdagi yer osti quduği qurilib, foydalanişga topşirildi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶