Jamiyat
👁 921
“Savodxonlik bayrami” tadbiri oʻtkazildi
Yangi yil bayrami arafasida 36-sonli umumtaʼlim maktabida ustoz-muallima Nasiba Bobojonova rahbarlik qilayotgan 1 “A” sinfi oʻquvchilarining “Savodxonlik bayrami” oʻtkazildi.
“Savdoxonlik bayrami” tadbirini maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlari boʻyicha oʻrinbosari P.Xolmurodov ochdi va oʻquvchilarni qoʻshaloq bayramlar bilan tabrikladi.
Shundan soʻng oʻquvchilar fanlar boʻyicha yod olgan sheʼrlarini aytdilar, sahna koʻrinishlarini va milliy oʻyinlarni ijro qildilar.
Tadbirda ishtirok etgan ota-onalar “Alifbe” bilan xayrlashib, ilmlar dunyosi sari yoʻl olgan bolajonlarga oʻz sovgʻalarini topshirdilar.
A.Jumaniyozov.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶