Yangi yil yarmarkasi: arzon va sifatli mahsulotlar xarididan xalq mamnun
2018-yilning 7-dekabridan 2019-yilning 10-yanvariga qadar Oʻzbekistonning barcha hududlarida boʻlgani kabi tumanimizda ham Yangi yil savdo yarmarkalari tashkil qilingan.
Ayni kunlarda goʻsht va sut mahsulotlari, shakar, makaron, non, kartoshka, piyoz va boshqa sabzavot mahsulotlari, meva-cheva, shuningdek, konservalangan goʻsht, baliq mahsulotlari – jami 42 turdagi isteʼmol mahsulotlari arzon narxlarda aholiga yetkazib berilmoqda. Barcha savdo tarmoqlari nazorat-kassa mashinalari va savdo terminallari bilan jihozlanganligidan xaridorlar mamnun.
Yangi yil munosabati bilan tashkil qilingan yarmarkada shu paytga qadar 2,8 tonna mol goʻshti, 3,2 tonna tovuq goʻshti, 9 ming 200 dona tuxum, 2,8 tonna kartoshka, 3,1 tonna piyoz, 2,1 tonna sabzi, 3,5 tonna har xil meva-cheva va boshqa turdagi mahsulotlar sotildi.
Bozorga kiritilayotgan barcha turdagi oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyalari xodimlari tomonidan tekshiruvdan oʻtkazilgach, sotishga ruxsat berilmoqda.
Har haftaning shanba va yakshanba kunlari yarmarka oʻtkaziladigan joydagi Yangi yil archasi atrofida bayram tadbirlari, kontsert dasturlari tashkil qilinmoqda. Bu esa tuman aholisining bayramni yanada koʻtarinki ruhda nishonlashlariga zamin yaratmoqda.
Zafar SABUROV, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi
huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish
Departamenti tuman boʻlimi boshligʻi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶