Jamiyat
👁 395
Harbiy qismlarda kitob yarmarkalari tashkil etildi
22-dekabrʼ kuni 9202 “K” va 9202 “D” harbiy qismlarida Amudaryo tumani hokimligi va Xorazm viloyatining Urganch “Kitob markazi” doʻkoni hamkorligida kitob yarmarkalari oʻtkazildi.
Yarmarkaga qoʻyilgan turli mavzulardagi kitoblar harbiylar va ularning oila aʼzolari diqqatiga sazovor boʻldi.
Ushbu yarmarkaning tashkil etilishi harbiylarimiz uchun juda yaxshi boʻldi, - deydi 9202 “K” harbiy qismining tarbiyaviy ishlar boʻyicha qoʻriqchisi, Serjant Isomiddin Husanov. – Chunki bu yarmarka harbiylarimizga badiiy, tarixiy va harbiy mavzulardagi kitoblarni sotib olishlariga imkoniyat yaratdi.
Haqiqatdan ham harbiylar va ularning oila aʼzolari ushbu yarmarkaning tashkil etilishidan xursand boʻldilar.
Otabek Maxmudov, katta serjant.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶