2019-YILDA AMUDARYo TUMANIDA 305 GEKTAR MAYDONDAGI PAXTA NIHOLLARI TOMChILATIB SUGʻORILADI
Keyingi ikki oycha vaqtdan beri deyarli qurib yotgan anhor-kanallarimizning qaytadan loyqa suvga toʻlgani tumanimizning dehqonlarini, barcha aholisini quvontirib yubordi. Boisi kelgusi yil hosili uchun harakat ayni kunlarda yerlarning shoʻrini yuvishdan boshlanadi desak, xato boʻlmaydi.
Tumanimiz hududi yerlari kuz-qish mavsumida shoʻrini yuvishga muhtoj. Shuning uchun kelgusi yil hosili uchun 21193 gektar ekin maydonining (shundan 4239 gektari kuchli shoʻrlangan 10596 gektari oʻrtacha, 6358 gektari kam shoʻrlangan) shoʻrini yuvish ishlari rejalashtirilgan. 14940 gektar ekin maydonga esa nam suvi beriladi, xolos.
Bu tadbirni amalga oshirish uchun tumanimizga 190 mln. m 3 suv limiti ajratilgan.
Inspektsiyamiz xodimlari ayni kunlarda kunlik berilayotgan suv miqdoridan shoʻr yuvishda unumli foydalanish, isrofgarchiligining oldini olish borasida nazorat ishlarini olib bormoqdalar.
Suv tiriklik asosi. Uni tejab-tergab foydalanib, moʻl-koʻl qishloq xoʻjalik mahsulotlari yetishtirishga erishish bosh vazifa. Shuning uchun ham kelgusi yil dehqonchiligida ekinlarni sugʻorishning tejamkor usullarini qoʻllashga alohida eʼtibor berilishi rejalashtirilayapti. Xususan, 305 gektar paxta maydonlarida ekin tomchilatib sugʻoriladi.
Tolibjon SAFARIMBETOV, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi huzuridagi
Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanishi ustidan
nazorat qilish Inspektsiyasi Amudaryo tuman boʻlimi inspektori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶