YoPIB QOʻYILGAN QABPISTON AHOLI MUPOJAATIGA KOʻPA OChIB BEPILDI


22-yil oldin Qangli ovulidagi “Miskin” bobo qabristoni Turkmaniston davlati bilan chegara hududda joylashgani uchun yopib qoʻyilgan edi. Oradan oʻtgan davr mobaynida mazkur qabristonga yaqinlari dafn etilgan kishilar hatto ziyorat qilish uchun ham kelisha olmagan, bu hol koʻpchilik keksalarni xavotirga solayotgan edi.Axir bizning urf odatlarimizga koʻra, vafot etgan odamlar oʻz yaqinlari yoniga dafn qilinadi-da. 2017-yilning 30-avgustida ovulimiz keksalari iltimoslariga koʻra men tumanimiz Xalq qabulxonasiga bu haqda yozib, qabristonni ochib berishlarini soʻragan edim. Ochigʻi, men “Iltimosingizni qanoatlantirishga harakat qilamiz” deyishganida bu javobdan unchalik koʻnglim toʻlmagan edi. Oradan bir yildan ziyodroq vaqt oʻtib,bu masala daxldor idoralar aralashuvi bilan oʻz yechimini topdi. Shu yilning oktyabr oyida tumanimiz hokimi Sultonboy Yoʻldoshev, “Xalq qabulxonasi” mudiri Erkin Pajabovlar bir guruh mutaxassislar bilan kelib,”Miskin bobo” qabristonining bizning mamlakatimizga tegishli hududini ochib berishdi.
Bu voqea arzimasdek koʻringani bilan zamirida shu yerga dafn etilgan ajdodlarimizga hurmat, qon qonimizga singib ketgan urf odatlarimizga eʼtibor mujassam.Shu boisdan ham qabristonning ochilishi ovulimiz ahli, ayniqsa keksalari uchun quvonarli boʻldi . Iltimosimizni inobatga olib, qimmatli vaqtini ayamay, bu masala bilan shugʻullanib, ijobiy hal qilib bergan tumanimiz hokimiga, “Xalq qabulxonasi” mudiri Erkin Pajabovga va muammo bilan shugʻullangan barcha mutaxassislarga oʻz minnatdorchiligimni bildiraman.
Ovul keksalari nomidan Oʻrozboy TOJIYeV.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶