ISLOMBEK MATKARIMOV “ÖZBEKISTON RESPUBLIKASI QIŞLOQ XÖJALIGI FIDOYISI” KÖKRAK NIŞONI SOHIBI BÖLDI
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-iyunda qabul qilgan 87-sonli Qaroriga muvofiq qabul qilingan “Özbekiston Respublikasi qişloq xöjaligi fidoyisi” kökrak nişoni töğrisida”gi Nizomda uşbu kökrak nişoni bilan mehnat tajribasi va kasbiy malakaga ega, faoliyatida yuqori natijalarga erişgan, sohada fidokorona mehnati bilan namuna bölgan Özbekiston Respublikasi Qişloq xöjaligi vazirligi markaziy apparati, uning hududiy va tarkibiy bölinmalari rahbar xodimlari, şuningdek, qişloq xöjaligi mahsulotlarini qayta işlaş korxonalari, xizmat körsatuvçi taşkilotlar, davlat va xöjalik boşqaruvi idoralari hamda joylardagi ijro hokimiyati organlari xodimlari taqdirlanişi belgilangan edi.
Mamlakatimizda dekabr oyining ikkinçi yakşanbasida nişonlangan Qişloq xöjaligi xodimlari kuni arafasida “Özbekiston Respublikasi qişloq xöjaligi fidoyisi” kökrak nişoni bilan taqdirlangan yurtdoşlarimiz nomlari eʼlon qilindi. Ularning safida tumanimiz Qişloq xöjaligi bölimi boşliği Islombek Matkarimov ham bor.
1982-yilda Tölqin ovulida ziyolilar oilasida tuğilgan, 2003-yilda Toşkent kimyo-texnologiya institutini tugatib, tumanimizda öz mehnat faoliyatini boşlagan Islombek 2003-2004-yillar mobaynida Manğit qişloq xöjalik kasb hunar kollejida işlab çiqariş taʼlimi ustasi, 2004-2005-yillarda 7-sonli maktabda laborant, 2005-2007-yillarda tuman Qişloq va suv xöjaligi bölimi suvdan foydalanuvçilar birlaşmalari işlarini muvofiqlaştiriş böyiça boş mutaxassis, 2007-2009-yillarda tuman Qişloq va suv xöjaligi bölimi şartnoma böyiça boş mutaxassisi, 2009-2010-yillarda “Özargosuğurta” davlat aktsiyadorlik suğurta kompaniyasi Qoraqalpoğiston Respublikasi direktsiyasi Amudaryo tuman bölinmasi boşqaruvçi menejeri, 2010-2013-yillarda Özbekiston Respublikasi “Kamolot” yoşlar ijtimoiy harakati tuman Kengaşi raisi, 2013-2014-yillarda tuman hokimligi jamoat va diniy taşkilotlar bilan aloqalar böyiça boş mutaxassisi, 2014-2015-yillarda “Özbekiston poçtasi” oçiq aktsiyadorlik jamiyati Qoraqalpoğiston fililali Manğit poçta aloqa tarmoği boşliği, 2015-2018-yillarda “Tölqin” muqobil maşina-traktor parki raisi, 2018-yildan esa tuman Qişloq xöjaligi bölimi boşliği lavozimlarida fidoyilik bilan mehnat qilib kelmoqda. Şu bilan birga 2011-yil boşidan beri “Amudaryo sohili” fermer xöjaligini mohirlik bilan boşqarib, barça sohalar böyiça mahsulot yetiştiriş rejalarini ortiği bilan ado etib, fermerlikni rivojlantiriş, çorva mahsulotlarini köpaytirişda samarali mehnat qilib kelmoqda.
U rahbarlik qilayotgan “Amudaryo sohili” fermer xöjaligi asosan çorvaçilikka – göşt va sut mahsulotlari yetiştirişga ixtisoslaşgan. Xöjalik taşkil qilingan yili bank krediti mablağlari hisobidan Gollandiya texnologiyasi asosida yangidan zamonaviy uslubda çorva kompleksi qurilib işga tuşirildi va çetdan naslli mollar keltirildi. Birgina 2017-yilning özida Polşa davlatidan umumiy bahosi 172,6 ming AQŞ dollarlik 66 boş naslli mollar olib kelinib, hozirgi kunda zotdor mollar soni 180 boşga yetkazildi.
Xöjalikda olinayotgan daromad hisobiga yer haydaş, ekiş, örim-yiğim texnikalari, öt öriş, ozuqa maydalaş-tayyorlaş agregatlari olinib, deyarli barça işlar öz texnikalari yordamida amalga oşiriladi.
Tinib-tinçimas yigit 2011-yilda baliqçilikni ham yölga qöyib, bu borada öz bilimlarini oşiriş, dunyo ilğor tajribalarini örganiş maqsadida Vetnam davlatida Özbekiston Respublikasi delegatsiyasi safida seminarda bölib qaytdi, “Amu Tölqin baliği” masʼuliyati çeklangan jamiyatini taşkil etib, umumiy qiymati 58 million sömlik kiçik inkubatsiya tsexini işga tuşirdi. Har yili mazkur tsexda 5 tonnadan ziyod baliq yetiştirilmoqda.
Tadbirli, izlanuvçan, intiluvçan yigit qişloq xöjaligi mahsulotlari yetiştirişni köpaytirişga qöşayotgan hissasi uçun 2014-yilda “Taşabbus” körik-tanlovining “Eng yaxşi fermer” yönalişida Qoraqalpoğiston böyiça ğoliblikni qölga kiritib, mamlakat bosqiçida iştirok etişga muvaffaq böldi va “Oziq-ovqat sanoatidagi eng yaxşi yil tadbirkori” nominatsiyasi ğolibi böldi.
Islombekning çorvaçilik sohasida erişayotgan muvaffaqiyatlarini Qoraqalpoğiston miqyosida ommalaştiriş uçun naslçilik fermer xöjaliklari raislari, mutaxassislari iştirokida keyingi uç yilda 5-marta mazkur fermer xöjaligida körgazmali seminar ötkazilgani ham bejiz emas.
Xöjalik daromadlari hisobidan 2016-yilda sut va göştni qayta işlaşga möljallangan tsex, 1 ta maişiy xizmat körsatiş şoxobçasi, zamonaviy uslubda kiçik futbol maydonçasi qurilib işga tuşirildi va natijada 25 ta yangi iş örni yaratildi.
Islombek Matkarimov hududdagi işsiz aholini iş bilan taʼminlab, ularning ham oilasi iqtisodi yuksalişiga hissa qöşayotgan taşabbuskordir.
Uning bu savobli xizmatlari eʼtirof etilib, yaqinda, Qişloq xöjaligi xodimlari kuni arafasida “Özbekiston Respublikasi qişloq xöjaligi fidoyisi” kökrak nişoni bilan taqdirlangani köpçilikni quvontirdi.
Tabiatan tirişqoq bu yigitning hali köplab xayrli işlar qilişiga işonamiz.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶