Amudaryo tumani hokimi Sultonboy Yoʻldashev “Oʻzbekiston Pespublikasi qishloq xoʻjaligi fidoyisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi
Amudaryo tumani mirishkor dehqonlar va ishbilarmon fermerlar yurti. Oʻn yillar mobaynida qishloq xoʻjaligida oʻziga xos tizim shakllangani, sohada ishning toʻgʻri yoʻlga qoʻyilgani va dehqon hamda fermerlarning zahmatli mehnatlari natijasida Amudaryo tumani paxtachilik va gʻallachilik sohasida Oʻzbekiston Pespublikasi miqyosida yetakchi tumanlar safida kelmoqda.
Amudaryolik fermerlar bu yil ham ushbu anʼanaga sodiq qolgan holda katta mehnat zafarlarini qoʻlga kiritib, navbatdagi qishloq xoʻjaligi yilini yorugʻ yuz bilan yakunlamoqdalar.
Yilning dastlabki xirmonini pillakorlarimiz bunyod qildilar. Tuman boʻyicha 163,3 ming tonna pilla yetishtirilib, davlat buyurtmasi 100 foizga bajarildi. Amudaryolik pillakorlar topshirgan hosil Qoraqalpogʻiston Pespublikasida yetishtirilgan pillaning salkam uchdan bir qismini tashkil qildi.
Tumanimiz gʻallakorlari shu yil 26-iyun kuni mehnat zafarini qoʻlga kiritib, davlat shartnomaviy rejalarini Qoraqalpogʻistonda birinchilardan boʻlib bajardilar. Yalpi hosil xirmoni 12,6 ming tonnadan, gʻalla yetishtirishdan olingan daromad esa 4 mlrd. 147 mln. soʻmdan oshdi. Yetishtirilgan hosilning 6 ming 83 tonnasi davlat xazinasiga topshirildi, qolgan qismi esa fermerlar va xoʻjalik ishchilari oilasi ixtiyorida qoldi. Tumanimizdagi 180 ta fermer xoʻjaliklari gektaridan 60-65 tsentnerdan hosil olishga erishdilar.
Paxtakorlarimiz esa 15 ming 550 gektar daladan 34 ming tonnadan ortiq hosil olib, davlat oldidagi yillik shartnomaviy rejalarini Oʻzbekistonda birinchilar qatori ortigʻi bilan bajardilar. Hosilning asosiy qismi birinchi navga topshirilgani esa fermerlarimizning yuqori daromad olishini taʼminladi.
Muhtaram Prezidentimiz shu yilning 15-16-noyabr kunlari Qoraqalpogʻistonga tashrifi davomida Pespublika faollari bilan uchrashuvida amudaryoliklarni mehnatdagi bu yutuqlari bilan samimiy tabriklab, tuman rahbariyatining xizmatlarini alohida eʼtirof etgan edi.
Yurtimiz boʻylab Qishloq xoʻjaligi xodimlari kuni va Hosil bayrami keng nishonlanayotgan shu kunlarda bir guruh amudaryolik faollar, shu jumladan, 4 ta sektor rahbarlari Oʻzbekiston Pespublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan “Oʻzbekiston Pespublikasi qishloq xoʻjaligi fidoyisi” koʻkrak nishoni bilan mukofotlanishi bu eʼtiroflarning amaliy isboti boʻldi.
Aytish kerakki, Amudaryo tumanida barcha sohalar qatorida qishloq xoʻjaligi ham jadal surʼatlarda rivojlanmoqda. Bugungi kunda tumanda 548 ta fermer xoʻjaliklari faoliyat yuritmoqda. Ularning 499 tasi paxtachilik va gʻallachilik, 15 tasi chorvachilik, 5 tasi parrandachilik, 19 tasi bogʻdorchilik, 5 tasi uzumchilik va 5 tasi sabzavotchilik sohalarga ixtisoslashtirilgan.
Tuman hokimi S.Yoʻldashevning qishloq xoʻjaligi ekinlarining hosildorligini oshirishga qaratayotgan eʼtibori natijasida yerlarning meliorativ holatini yaxshilash boʻyicha 2016-2018-yillar davomida umumiy qiymati 15 mlrd. 829,8 mln. soʻmlik uzunligi
S.Yoʻldashevning bevosita saʼy-harakatlari natijasida Xitoy Xalq Pespublikasidan grant asosida 2 ta zemnasos, 1 ta buldozer va 1 ta ekskavatorlar olib kelindi. Ushbu suv texnikalari ekin maydonlariga suv yetkazib beruvchi “Shixjamol”, “Chigʻir”, “Yerlan atau”, “Toshyop” nasos stantsiyalari joylashgan kanallarni qazish ishlarida muhim ahamiyat kasb etdi va tumanda qishloq xoʻjalik ekinlarini kafolatli suv bilan uzluksiz taʼminlash, yerlar hosildorligini hamda fermer xoʻjaliklarining daromadlarini oshirishga xizmat qilmoqda.
2016-2018-yillarda tumandagi qishloq xoʻjaligi korxonalari va fermerlari tomonidan 111 ming tonnadan ortiq paxta yetishtirilib, hosildorlik gektaridan oʻrtacha 23,5 tsentnerni tashkil qildi.
Ushbu davr mobaynida yalpi gʻalla ishlab chiqarish 38 ming 355 tonnani tashkil qilib, hosildorlik gektaridan oʻrtacha 42,6 tsentnerga yetdi. Davlatga gʻalla topshirish boʻyicha yillik shartnomaviy rejalar har yili 150-160 foizga bajarilib, oxirgi 3-yil davomida 22 ming 210 tonna, yaʼni rejadan 5 ming 620 tonna ortiq gʻalla yetishtirib berildi.
Pillachilik sohasi ham izchil rivojlanmoqda. 2016-2018-yillarda tumanda 695,9 tonna pilla yetishtirildi.
Chorvachilik mahsulotlarini yetishtirishda ijobiy natijalar qoʻlga kiritilib, 2016-2018-yillarda 31,2 ming tonna goʻsht, 120,6 ming tonna sut mahsulotlari, 111,9 mln. dona tuxum yetishtirildi.
2018-yilda tumandagi naslchilikkka ixtisoslashtirilgan fermer xoʻjaliklari tomonidan boqib koʻpaytirilayotgan zotdor mollardan aholiga kam foizli kreditlari hisobiga 250 boshdan koʻproq naslli qoramollar yetkazib berilgani esa nasldor chorva mollarini koʻpaytirish, aholini yetarli miqdorda goʻsh va sut mahsulotlari bilan taʼminlashda katta samara bermoqda.
Tumandagi fermer xoʻjaliklarining moddiy texnika bazasini mustahkamlash maqsadida 2016-2018-yillarda lizing asosida umumiy qiymati 5,6 mlrd soʻmlik 108 ta texnikalar va qishloq xoʻjaligi agregatlari, kredit asosida umumiy qiymati 5 mlrd. 608 mln. soʻmlik boʻlgan 30 ta turli xildagi texnikalar hamda “Amudaryo MTP” MChJga fermer xoʻjaliklarga texnik xizmat koʻrsatishni yanada yaxshilash maqsadida 5 mlrd. soʻm bank krediti hisobiga jami 14 ta surim va ishlov berish traktorlari olib kelindi.
S.Yoʻldashevning saʼyi-haraktlari bilan tumandagi “Mangʻit Invest plyus” MChJ shaklidagi qoʻshma korxonasi tomonidan Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hisobidan 487 ming AQSh dollari miqdorida valyutada kredit mablagʻi ajratilib, 1 gektar maydonda zamonaviy issiqxona tashkil etildi.
Tuman aholisini sifatli va arzon qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bilan taʼminlash maqsadida 2400 tonna zamonaviy muzlatkichli sigʻimlar tashkil qilinib, joriy yilga belgilangan 2435 tonna zahira miqdorini, yaʼni 888 tonna kartoshka, 639 tonna piyoz, 291 tonna sabzi hamda 617 tonna guruch mahsulotlari kuz-qish mavsumiga gʻamlash boʻyicha chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Mehnatsevarligi, bilimi va talabchanligi bilan tumanimiz, shu bilan birga mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligiga munosib hissa qoʻshib kelayotgan tumanimiz hokimi S.Yoʻldashevni, amudaryolik “Oʻzbekiston Pespublikasi qishloq xoʻjaligi fidoyisi” koʻkrak nishoni sohiblarini va barcha dehqon-u fermerlarni, tomorqachi va pudratchilarni, sohaga aloqador barcha yurtdoshlarimizni Qishloq xoʻjaligi xodimlari kuni hamda Hosil bayrami bilan samimiy tabriklaymiz! Fidoyi mehnatlaringiz natijasida qad koʻtarilgan xirmonlaringiz kabi martabangiz ham baland, yuzingiz doimo yorugʻ boʻlsin, qadrli yurtdoshlar!
“Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi tahririyati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶