Mahallalarda maʼnaviy-ijtimoiy muhitni sogʻlomlashtirish boʻyicha targʻibot-tashviqot oʻtkazilmoqda
Oʻzbekiston Pespublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunning 26 yilligi arafasida Amudaryo tumanidagi Qilichboy ovul fuqarolar yigʻinida “Mahallalarda maʼnaviy-ijtimoiy muhitni sogʻlomlashtirish boʻyicha targʻibot-tashviqot ishlarini olib borish” mavzusida yigʻilish oʻtkazilib, unda ovul faollari ishtirok etdilar.
Tadbirda Nukus Davlat pedagogika instituti tarix-geografiya fakulteti dekanining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari M.Allaniyazov va shu fakultetning geografiya metodik oʻqitish kafedrasi assistent oʻqituvchisi M.Padjapovlarning kun tartibidaga masalaga doir maʼruzalari tinglandi.
Yigʻilish yakunida maʼruzachilar tadbir ishtirokchilari tomonidan berilgan savollarga javob qaytardilar.
A.Jumaniyozov.
(Foto - uzbekistonovozi.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶