TADBIRLAR OʻQUVChILARNING FANGA QIZIQIShINI OShIRDI
Noyabr oyi rus tili fan oyligi boʻlganligi munosabati bilan bizning 20-sonli maktabimizda ham bir oy davomida turli xil tadbirlar oʻtkazildi. Boshlangʻich sinflar oʻrtasida rasmlar koʻrgazmasi, “Ertaklar olamida” nomli kitoblar koʻrgazmasi, 4-sinflarda “Krossvord yechamiz” nomli musobaqa darslari, 5-11-sinflari oʻrtasida savol-javob viktorinasi oʻtkazildi.
Viktorina “Kto ishet tot naydyot” mavzusida devoriy gazetada eʼlon qilindi. Oʻquvchilar yozgan javoblar uchun javoblar qutisi ham qoʻyildi. Bir oy davom etgan savol-javob viktorinasida oʻquvchilar faol qatnashdilar. Yuqori sinf oʻquvchilaridan tuzilgan “Aqllilar va Bilimdonlar” jamoalari oʻrtasida musobaqa oʻtkazildi. Musobaqada oʻquvchilar 4 ta shart boʻyicha bellashdilar. Bajarilgan shartlar natijasiga koʻra 10 a sinf oʻquvchilaridan tashkil topgan “Aqllilar” jamoasi gʻolib deb topildi. Musobaqa ishtirokchilari rus tili fan uslub birlashmasi tomonidan Faxriy yorliq va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.
Rus tili fanidan sinflarda ochiq darslar noanʼanaviy usullardan foydalanilgan holda oʻtkazildi.
Bu tadbirlar oʻquvchilarning rus tili faniga qiziqishini oshirdi, fanni mukammal egallashga ragʻbatlantirdi.
Tursungul MATSAPAYeVA,
20 maktab oʻqituvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶