KOʻP OVOZ TOʻPLAGAN KAMMUNA IRISBEKOVA JOʻQORGʻI KENGESI DEPUTATLIGIGA SAYLANDI
Shu yilning 25-noyabrida oʻrni boʻshab qolgan 32-Qilichboy saylov okrugida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputatligiga saylov boʻlib oʻtdi.
Saylov oldidan deputatlikka nomzodlar bilan saylovchilar yaqindan tanishtirildi va munosib nomzodga ovoz berish huquqi tushuntirildi.
Saylovoldi targʻibot ishlari munosib tarzda olib borilganligi va saylov uchastkalarida saylovni oshkoralik, shaffoflik tamoyillari asosida oʻtkazish uchun puxta tayyorgarlik koʻrilgani oʻz samarasini berdi. Saylovchilar faollik bilan oʻzlari tanlagan nomzodga ixtiyoriy ravishda ovoz berdilar.
Saylov kunida “Adolat” sotsial demokratik partiyasidan koʻrsatilgan nomzod Irisbekova Kammuna Narinboyevna saylovchilarning koʻp ovozini toʻplashga erishib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputatligiga saylandi.
Shu yilning 26-oktyabrida “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga saylov toʻgʻrisida”gi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qonunining 48-moddasiga muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasi Markaziy saylov kmissiyasi 32-Qilichboy saylov okrugida boʻshab qolgan oʻringa Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga deputat qilib saylangan Irisbekova Kammuna Narinbayevna deputat sifatida roʻyxatga olindi.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶