MAMLAKATIMIZDA BALIQÇILIK KLASTEPLAPI TAŞKIL ETILADI
Xalqimizni xavfsiz, ekologik toza va töyimli oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlaşni yaxşilaş, baliqçilikni daromadli sohaga aylantiriş, tarmoqni jadal rivojlantirişga zamonaviy va innovatsion uslublarni joriy etiş maqsadida 2018-yil 6-noyabr kuni Prezidentimizning “Baliqçilik sohasini yanada rivojlantirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi Qarori qabul qilindi. Mazkur Qaror sohani yanada rivojlantiriş böyiça muhim hujjat böldi.
Qarorga muvofiq endilikda baliqçilik xöjaliklari bosqiçma-bosqiç intensiv usulda baliq yetiştirişga ixtisoslaştiriladi.
Töliq tizimli inkubatsiya tsexi, çavoq va tovar baliq yetiştiriş, yuqori oqsilga boy baliq yemi, qayta işlaş va saqlaşni öz içiga olgan işlab çiqarişga ixtisoslaştirilgan baliqçilik klasterlarini taşkil etgan tadbirkorlik subʼektlari, agar yillik baliq yetiştiriş quvvatini kamida 50 tonnaga yetkazsa, ular 2019-yilning 1-yanvaridan boşlab, dastlabki uç yilda barça soliqlar va davlat maqsadli jamğarmalariga majburiy ajratmalardan ozod etiladi.
Şuningdek, 2021-yil 1-noyabrga qadar bölgan muddatda naslli ona baliq, baliq uvildiriği, respublikada işlab çiqarilmaydigan inkubatsiya, laboratoriya, intensiv usulda baliq yetiştiriş, baliq ovlaş, baliq mahsulotlarini qayta işlaş, muzlatiş va saqlaş uçun zarur böladigan asbob-uskuna, anjom, mexanizmlarni va ularning ehtiyot qismlari, muqobil energiya taʼminoti uskunalari va tirik baliq taşuvçi transport vositalari çetdan keltirilganda bojxona tölovlaridan ozod etiladi.
Qarorga muvofiq baliqçilik xöjaliklari ehtiyoji uçun tadbirkor tomonidan çetdan keltiriladigan omuxta yem, mineral öğitlarga ham şu tartib qöllaniladi.
Yangidan taşkil etiladigan sunʼiy suv havzalarida baliq yetiştiriş böyiça loyihalarga yer uçastkalari faqatgina intensiv usul va resurs tejamkor texnologiyalar qöllanganda, suv bilan kafolatli taʼminlaş va yerlarning meliorativ holatiga salbiy taʼsiri yöqligi böyiça Özbekiston Pespublikasi Suv xöjaligi vazirligining xulosasi asosida ajratiladi.
Bir söz bilan aytganda, şu yil 6-noyabrda qabul qilingan “Baliqçilik sohasini yanada rivojlantirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi Qarori sohaning tezkor rivojlanişini taʼminlaydigan muhim asosdir.
Abduqodir TILOVMUPODOV, Turkmaniston MMTP raisi,
Xalq deputatlar tuman Kengaşi deputati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶