Amudaryoda Davlat xizmatlari markazi xodimlari uyma-uy yurib targʻibot ishlarini olib bormoqda
Maʼlumki, shu yilning 21-iyun kuni Vazirlar Mahkamasining «Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Fuqarolarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar hamda oʻzboshimchalik bilan qurilgan turar joylarga nisbatan mulk huquqini eʼtirof etish boʻyicha bir martalik umumdavlat aktsiyasini oʻtkazish toʻgʻrisida» 2018-yil 20-apreldagi PF-5421-son Farmoni ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari haqida»gi 461-son Qarori qabul qilingan edi. Mazkur Qarorga muvofiq kelasi yilning may oyiga qadar Oʻzbekistonda jismoniy shaxslarning oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari yoki imorat qurish uchun ruxsatnoma olmasdan qurilgan turar joylariga nisbatan mulk huquqini eʼtirof etish boʻyicha bir martalik aktsiya oʻtkazilmoqda.
Ayni paytda aktsiya belgilangan tartib-taomillarga koʻra oʻtkazilmoqda. Tumanimizda ham oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratlarga mulk huquqi eʼtirof etilishi boʻyicha 300 nafar fuqaro murojaat etgan boʻlib, shu kunga qadar 70 nafar fuqaroga mulkni eʼtirof etish boʻyicha qaror chiqarib berildi va murojaat qanoatlantirildi. 38 nafar fuqaroning arizasi esa 461-son qaror talablariga toʻgʻri kelmaganligi sababli rad etildi. Qolgan fuqarolarning arizalari koʻrib chiqilmoqda.
Ayni kunlarda Amudaryo tumani Davlat xizmatlari markazi xodimlari Davlat xizmatlari agentligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi huquqshunosi bilan birgalikda ovul va mahallalarda boʻlib, uyma-uy yurgan holda aholiga oʻzboshimchalik bilan qurilgan turar joylarga nisbatan mulk huquqini eʼtirof etish boʻyicha bir martalik umumdavlat aktsiyasi haqida keng tushunchalar bermoqda.

Gʻ.Yeshniyozov

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶