18.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
18.10.2026, 09:24
Maqolalar 👁 740

TOʻQLIKKA ShOʻXLIK QILSANGIZ, ISNODGA QOLASIZ

TOʻQLIKKA ShOʻXLIK QILSANGIZ, ISNODGA QOLASIZ

Xalqimiz mustaqillik sharofati bilan farovon hayot kechirmoqda. Buni biz dasturxonimiz toʻkinligidan, yurtdoshlarimiz tomonidan bunyod etilayotgan uy-joylar va boshqa imoratlardan, ularning ixtiyorlarida boʻlgan qoʻsha-qoʻsha avtoulovlardan va boshqada turmush sharoitlaridan yaqqol koʻrib turibmiz. Buning uchun, albatta, biz Yaratganga qayta va qayta shukronalar aytamiz.

Shunday boʻlishiga qaramasdan, oramizda ayrim yurtdoshlarimiz ham borki, ular shunday zamondan rozi boʻlib yashash oʻrniga qildan qiyiq axtarishga, arzimas narsa uchun bir-birovlari bilan har xil nizolar, urush-janjallar chiqarishga, shu tariqa eldoshlariga “tomosha” koʻrsatishga harakat qiladilar.

Erta tongda tumanimizdagi xonadonlardan birida toʻpo-lon koʻtarildi.

Arzimagan masalada bosh-langan kelishmovchilik katta janjalga aylandi – shu xonadonning kelini Dilbar Shomurodova jahl ustida qaynonasi Hanifa Norimbetovaga tashlandi (ism-familiyalari oʻzgarti-rilgan). Kelin yosh, kuchga toʻla emasmi, bir zumda qaynonasini urib, uni behush holatga keltirdi. Ularni ajratishga va kelinini murosaga chaqirishga intilgan qaynota Qudrat Farhodov ham oʻz “nasiba”sini oldi. Ojiza deya eʼtirof etiluvchi ayol zotining bunday “hunar”larini koʻrmagan qaynota kelinining bir necha zarbasidan keyin “chekinishga” majbur boʻldi.

Oradan ozgina vaqt oʻtib, oilaviy “oʻyin”ning ikkinchi qismi boshlandi. Bu safar qaynona Hanifa Norimbetova turmush oʻrtogʻi Qudrat Farhodov bilan birgalikda kelini Dilbar Shomurodovaning yaxshilab taʼzirini berdi. Shu tariqa janjal ishtirokchilarning barchasi tan jarohati oldi.

Bu oilaviy janjalning “natijalari” yaqinda Amudaryo tumani Maʼmuriy sudida koʻrib chiqildi.

Sud huquqbuzar Shomurodova Dilbar Hamidovnaga jazo tayinlashda uning oʻz harakatiga iqrorligini, sodir etgan qilmishidan pushaymonligini, bu kabi harakatlarni boshqa sodir etmasligini, yashash joyidan ijobiy tavsiflanganligini, muqaddam maʼmuriy javobgarlikka tortilmaganligini, jabrlanuvchi bilan yarashganligini inobatga olib, unga Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksning 21-moddasini qoʻllab, maʼmuriy javobgarlikdan ozod etdi va ogohlantirish bilan kifoyalanishni lozim topdi.

Huquqbuzarlar Hanifa Norimbetova va Qudrat Farhodovlarga jazo tayinlashda ham ularning oʻz harakatlariga iqrorligi, sodir etgan qilmishlaridan pushaymonliklari, bu kabi harakatlarni boshqa sodir etmasliklari, yashash joyidan ijobiy tavsiflanganliklari, muqaddam maʼmuriy javobgarlikka tortilmaganliklari, jabrlanuvchi bilan yarashganliklari inobatga olindi. Ular ham maʼmuriy javobgarlikdan ozod etilib, ogohlantirish bilan kifoyalanildi.

Biz ushbu maqolamizda arzimas bir sabablarga koʻra yuzaga kelgan oilaviy mojaro haqida soʻz yuritdik. Bu arzimas deb hisoblangan mojaro sudgacha bordi. Yaxshiyamki, sud ularning tavbayu-tazarrularini hisobga olib, kechirim berdi. Ammo bu voqeani qoʻni-qoʻshni, xalq koʻrdi-ku!

Bu voqea ming bora kechirilgani bilan ham unda ishtirok etgan insonlar uchun ogʻir nomus hisoblanadi. Toʻqlikka shoʻxlik qilib, arzimagan gap-soʻzlar uchun gʻavgʻo-janjal chiqarib, isnodga qolish inson shaʼniga dogʻ boʻlib tushadi va obroʻsiga putur yetkazadi.

Nazar SAPARNIYaZOV, tuman prokurori oʻrinbosari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026