18.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
18.10.2026, 10:54
Jamiyat 👁 891

Jamoatchilik nazorati uchun jamoatfikri.uz portali ishga tushiriladi

Jamoatchilik nazorati uchun jamoatfikri.uz portali ishga tushiriladi

Mamlakatimiz taraqqiyotini yuksaltirish borasidagi davlatimiz rahbarining qaror va topshiriqlari davlat hokimiyatining barcha boʻgʻinlarida toʻliq hamda vaqtida bajarilsa bu boradagi samaradorlik yanada ortadi. Shu qaror va topshiriqlarning bajarilishi yuzasidan tizimli nazorat olib borish uchun “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi yaratildi. Tizim orqali Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Hisob palatasi tomonidan tizimli nazorat olib borish yoʻlga qoʻyilgan.

Prezidentimizning shu yil 5-oktyabrda “Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori qabul qilindi. Qarorda ijro intizomi nazoratini sifatli va samarali tashkil qilish hamda amalga oshirilishini taʼminlash hanuzgacha talab darajasida yoʻlga qoʻyilmayotgani, zarur sharoitlar yaratish borasidagi choralar samarasiz qolayotgani, rioya etish masalalarida salbiy holatlar uchrayotgani aytib oʻtilgan. Ijro intizomini yanada mustahkamlash maqsadidagi ushbu qarorda bu boradagi kamchiliklarga barham berish bilan birga Prezident qarorlari va topshiriqlari ijrosi ustidan nazoart tizimini takomillashtirish, shuningdek jamoatchilik nazoratini ham amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish koʻzda tutilgan.

Qarorda ijro yuzasidan nazorat olib boruvchi va “Ijro.gov.uz” tizimi boʻyicha ishlarni muvofiqlashtiruvchi davlat organi Hisob palatasi, tizimni doimiy ravishda texnik qoʻllab-quvvatlash va takomillashtirishni taʼminlovchi ishchi organ esa Axborot texnologiyalarini rivojlantirish vazirligi deb belgilangan. Shu bilan birga nazoratni amalga oshirish boʻyicha tegishli davlat organlariga masʼullik ham yuklatilgan. Undan tashqari, “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimning ishlash tartibi toʻgʻrisidagi ham Nizom ishlab chiqilgan boʻlib, tegishli davlat organlari va tashkilotlarga tizimda doimiy ishlashni tashkil qilishni taʼminlash topshirilgan.

Belgilangan chora-tadbirlar qatoriga 2019-yil 1-yanvarga qadar yagona interaktiv davlat xizmatlari portali faoliyati doirasida Prezident qarorlari ijrosi yuzasidan aholi, senatorlar, deputatlar, tadbirkorlik subʼektlari va NNT lar tomonidan jamoatchilik nazorati mexanizmining amalga oshirilishini taʼminlovchi “Jamoatfikri.uz” portalining tashkil etilishi va yoʻlga qoʻyilishini taʼminlash ham kiritilgan. “Ijro.gov.uz” tizimining ishlash tartibi belgilangan Nizomda mazkur tizimning Prezident farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida hamda Prezident raisligida oʻtkazilgan kengashlar bayonnomalarida belgilangan topshiriqlar bajarilishining nazoratini taʼminlovchi axborot tizimi hisoblanishi aytilgan.

Nizomda Prezident hujjatlari va topshiriqlarida koʻzda tutilgan topshiriqlarni oʻz vaqtida, sifatli, samarali hamda natijadorlik bilan ijro etilishini taʼminlash, tizim ishtirokchilari uchun yagona axborot makonini yaratish, tegishli rahbarlarning belgilangan vazifalar va topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli ijro etilishi uchun shaxsiy javobgarligini kuchaytirish, tizimning asosiy vazifalari qilib koʻrsatilgan. Shuningdek, axborot kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllash, ish yuritish ichki jarayonlarini avtomatlashtirish orqali vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatining samaradorligi va natijadorligini oshirish, “Ijro.gov.uz” tizimi ishtirokchilari oʻrtasida muntazam idoralararo elektron hamkorlikni taʼminlash ham tizimda amalga oshiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlarini “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritish tartibi Nizmoning 2-bobiga muvofiq amalga oshiriladi. Ijro etish sifati va muddatlariga rioya etilishini tizim orqali nazorat qilish tartibi esa 3-bobda koʻrsatilgan. Foydalanuvchilarning tizimdan foydalanishlarini tashkil qilish 4-bobga koʻra amalga oshiriladi. Tizimdan foydalanuvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning boshqarilishi 5-bobda batafsil koʻrsatib berilgan.

Prezidentimizning “Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar samarasi ortishida ahamiyatli boʻlgan ijro intizomining zarur darajada tashkil etilishini taʼminlaydi. Shuningdek, mazkur Qaror ijro intizomining yanada mustahkamlanishida muhim oʻrin tutadi.

O.Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026