MAKTABDA YaNGI KITOB TAQDIMOTIGA BAGʻIShLANGAN TADBIP OʻTKAZILDI
Yaqinda «Jayxun ilhomlari» NNT tomonidan yosh ijodkorlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida navbatdagi sheʼriy toʻplamlar nashrga tayyorlanib, chop ettirildi va sheʼriyat ixlosmandlari eʼtiboriga havola qilindi. Kitobxonlarga manzur boʻlayotgan toʻplamlarning joylarda taqdimotiga bagʻishlangan tadbirlar oʻtkazilmoqda.
12-sonli umumtaʼlim maktabida ham yosh ijodkorlar, shu maktab oʻquvchisi Shokir Hayit, maktab sobiq bitiruvchisi Dildora Pajabovalar muallifligidagi «Umid nihollari» kitobi va «Yoshlik mavjlari» sheʼriy toʻplamlari taqdimotiga bagʻishlangan tadbir oʻtkazildi. Tadbirda ishtirok etgan maktab direktori Mahmud Qutlimurodov ijodkor yoshlarga ijodiy parvozlar tiladi va tadbirda ishtirok etayotgan oʻquvchilarni ijod namunalari bilan tanishtirib, kitoblarni taqdim etdi.

Ijodkor yoshlar, maktab oʻqituvchi va oʻquvchilarini nihoyatda ruhlantirgan tadbirda taqdim etilgan “Umid nihollari” va “Yoshlik mavjlari” sheʼriy toʻplamlari maktab kutubxonasiga ham topshirildi.
Muxlisa PAJABOVA, 12-maktab oʻquvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶