Tuman Davlat xizmatlari markazi: 1656 nafar bolalarga davlat MTMlariga yöllanmalar berildi
Prezidentimizning 2017-yil 12-dekabrdagi “Aholiga davlat xizmatlari körsatişning milliy tizimini tubdan isloh qiliş çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmoniga binoan Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzurida Davlat xizmatlari agentligi va agentlikning viloyatlaridagi şahar va tuman markazlari taşkil etildi.
Jismoniy va yuridik şaxslarga davlat xizmatlari körsatiş yagona davlat siyosatini amalga oşiriş, ortiqça maʼmuriy tartib-taomillarni bartaraf etiş, aholiga tez, qulay va sifatli davlat xizmatlari körsatiş tartibini takomillaştiriş hamda idoralararo elektron hamkorlikni rivojlantiriş mazkur tuzilmalarning asosiy vazifasi etib belgilandi.
Şu kunga qadar “Yagona darça” tamoyili böyiça davlat xizmatlarini körsatiş imkoniyatidan faqatgina tadbirkorlik subektlari foydalanib kelgan bölsa, şu yilning 1-aprelidan boşlab fuqarolarga ham “Yagona darça” tamoyili böyiça davlat xizmatlarini körsatiş yölga qöyildi. Yangi tuzilmaning asosiy maqsadi va vazifalari tadbirkorlik subektlari hamda fuqarolarga davlat xizmatlarini sifatli, tezkor, qulay usulda körsatişdan iboratdir.
2018-yil 1-apreldan boşlab aholiga davlat xizmatlarini körsatiş jarayonida Fuqarolarni jamğarib boriladigan pensiya tizimida hisobga qöyiş böyiça jami 1323 ta ariza kelib tuşgan bölib, 1323 ta fuqarolarga xizmatlar körsatildi, Maktabgaça taʼlim muassasalariga ariza beriş böyiça Amudaryo tumani Davlat xizmatlari markazi tomonidan jami 3809 ta ariza qabul qilindi. Bolalarni davlat maktabgaça taʼlim muassasalariga qabul qiliş böyiça 1656 ta bolalarga yöllanmalar berildi.
Bolalarni davlat maktabgaça taʼlim muassasalariga qabul qiliş böyiça agar zarur bölsa imtiyozdan foydalaniş mumkin quyidagilar imtiyozli hisoblanadilar.
Nogironligi bölgan şaxsning farzandi (guvohnoma seriyasi va raqami).
Uç va undan ziyod bolasi bor oila farzandi (tuğiliş haqida guvohnomalar seriyasi va raqamlari).
Harbiy xizmatçi yoki huquqni muhofaza qiliş organi xodimining farzandi (guvohnoma seriyasi va raqami).
Talaba yoki pedagog farzandi (muassasa nomi, direktor (rektor) buyruği raqami.
Yetim yoki ota-ona qarovidan mahrum bola (vafoti haqida guvohnoma yoki boşqa hujjat seriyasi va raqami).
Boşqa muassasadan köçirilgan bola (muassasa nomi, qabul qiliş töğrisidagi buyruqning sanasi va raqami).
Aka-ukalari yoki opa-singillari uşbu muassasada tarbiyalanayotgan bola (qabul qiliş töğrisidagi buyruqning sanasi va raqami)
Bolalarni davlat maktabgaça taʼlim muassasalariga qabul qiliş böyiça agar zarur bölsa imtiyozdan foydalaniş mumkin. Ariza beruvçi şaxs imtiyozni tasdiqlovçi hujjat yoki uning nusxasini olib kelsa imtiyozli röyxatga kiritiladi, bunda imtiyoz huquqi bor arizaçilarning bolalariga maktabgaça taʼlim muassasasida böş joy bölsa navbatsiz yöllanma beriladi.
Nafisa Xudaybergenova, tuman Davlat xizmatlari markazi boş mutaxassisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶