Qonun loyihasi böyiça jamoatçilik muhokamasi ötkazildi (+video)
Şu yilning iyul oyida “Tarqqiyot közgusi” gazetasi tahririyati Özbekiston Pespublikasi Oliy Majlisi huzuridagi jamoat fondi tomonidan eʼlon qilingan grant tanlovida “Qonun loyihasi – jamoatçilik eʼtiborida” nomli loyihasi bilan iştirok etib, ğolib bölgan edi.
25-sentyabr kuni uşbu loyiha doirasida ilk tadbir – “Fuqarolarning jamoat tartibini saqlaşdagi iştiroki töğrisida”gi Özbekiston Pespublikasi Qonuni loyihasi muhokamasiga bağişlangan yiğiliş ötkazilib, unda davlat va nodavlat, notijorat taşkilotlari, jamoat taşkilotlari va siyosiy partiyalar vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari hamda jamoatçilik vakillari iştirok etdilar.
Yiğilişni “Taraqqiyot közgusi” gazetasi Boş muharriri Ğulomjon Yeşniyozov kiriş söz bilan oçdi va boşqarib bordi.
Yiğilişda “Taraqqiyot közgusi” gazetasi masʼul kotibi Allambergan Jumaniyozov sözga çiqib, Qonun loyihasi böyiça tuşunçalar berdi.
Aytiş kerakki, Fuqarolarning jamoat tartibini saqlaşdagi iştiroki – fuqarolarning huquq va erkinliklarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilişda, jamoat tartibini saqlaşda, jamoat xavfsizligini taʼminlaşda, sodir etilgan jinoyatlarni va maʼmuriy huquqbuzarlikni aniqlaşda, jinoyatçilarni izlab topişda, bedarak yöqolgan şaxslar turgan joylarni aniqlaşda va huquqbuzarliklarning oldini olişda muhim ahamiyat kasb etadi.
Şundan keyin sözga çiqqanlar muhokama etilayotgan Qonun loyihasi böyiça öz takliflarini bildirdilar. Jumladan, tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati – Özbekiston liberal-demokratik partiyasi tuman Kengaşi apparat rahbari Muqaddas Beknazarova Qonunga jamoat tartibini saqlaşda iştirok etuvçi fuqarolarning hamda şu maqsadda taşkil qilingan jamoat birlaşmalari aʼzolarining xizmat kiyimi şakli yoki uni tasdiqlaş tartibi haqida tuşunçalar kiritiş, Özbekiston Milliy tiklaniş demokratik partiyasi tuman kengaşi rahbari Şirin Yangiboyeva qonunga homiladorligi, nogironligi va voyaga yetmaganligi yaqqol körinib turgan şaxslarga, mazkur şaxslar tomonidan qurolli yoki guruh bölib hujum qiliş hollaridan taşqari, jismoniy kuç işlatiş taqiqlanişi haqidagi normani kiritiş böyiça takliflar bildirdi.
Şuningdek, Fuqarolarning özini özi boşqariş organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş böyiça tuman kengaşi raisi örinbosari Aşiraboy Qöşayev jamoat tartibini saqlaşda iştirok etuvçi fuqarolarning hayoti maʼlum darajada xavf ostida bölişi, ularning salomatligiga tahdidlar bölişini hisobga olib, ularni huquqiy himoya qiliş qonun bilan kafolatlanişi, ularga xizmat vazifasini bajariş çoğida jamoat transportidan bepul foydalaniş, asosiy iş joyidan qöşimça taʼtil kunlarini beriş kabi imtiyozlar va kompensatsiyalar berilişi haqidagi qöşimçalarni kiritişni taklif etdi.
Yiğiliş yakunida muhokama etilgan Qonun loyihasi böyiça bildirilgan takliflarni Özbekiston Pespublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasiga yuboriş böyiça tegişli qaror qabul qilindi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶