MUROJAATLAR QONUNIY KOʻRIB ChIQILIShI PROKURATURA NAZORATIDA
Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-yanvardagi 7-sonli qaroriga asosan tasdiqlangan “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisida”gi namunaviy Nizom tumanimizdagi Doʻrman, Xolimbeg va Qilichboy ovul fuqarolar yigʻinlari hamda Olmazor, Ayoqchi va Xizr eli mahalla fuqarolar yigʻinlarida qanday ijro etilayotganligi tuman prokuraturasi tomonidan oʻrganib chiqildi. Natijalarga koʻra, ushbu hududlarda yashovchi fuqarolar tomonidan fuqarolar yigʻinlariga kelib tushgan murojaatlar yigʻin masʼul xodimlari tomonidan belgilangan tartibda koʻrib chiqilmaganligi ariza mualliflariga yozma ravishda javob xatlari berilmaganligi aniqlandi.
Doʻrman ovul fuqarolar yigʻinida yashovchi fuqarolar tomonidan 2018-yilda berilgan 14 ta va 2017-yilda berilgan 14 ta murojaatlar hamda Olmazor mahalla fuqarolar yigʻinida 7 ta murojaatlarni koʻrib chiqishda shunday kamchilik takrorlangan.
Xuddi shunday qonun buzilish holatiga Xolimbeg ovul fuqarolar yigʻini masʼul xodimlari tomonidan ham yoʻl qoʻyilgan.
Bundan tashqari, Qilichboy ovul, Xizr eli hamda Ayoqchi mahalla fuqarolar yigʻinlarida kelib tushgan murojaatlarni roʻyxatga olish uchun jismoniy va yuridik shaxslarning ogʻzaki va yozma roʻyxatga olish kitoblari yuritilgan boʻlib, ushbu daftarda ovul fuqarolar yigʻinlari tomonidan foydalanish uchun belgilangan tartib va qoidalarga hamda namunaviy nizomdan foydalanish qoidalariga rioya qilinmagan.
Yuqoridagilarga koʻra, ovul fuqarolar yigʻini masʼul xodimlari maʼmuriy va intizomiy javobgarlikka tortildi.
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari qonuniy koʻrib chiqilishi va bu haqda oʻz muddatida javob qaytarilishi kechiktirib boʻlmaydigan vazifa ekanligini unutmaslik lozim.
N.SOBIROV, tuman prokurorining oʻrinbosari, 2-darajali yurist
I.RAZAKOV, tuman prokurorining katta yordamchisi, 2-darajali yurist.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶