18.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
18.10.2026, 13:06
Maqolalar 👁 1,227

Qaynona boʻlish ham baxt!

Qaynona boʻlish ham baxt!

Buvijonlar oʻgiti

Aziz qaynonajon, qaynonalik baxti va taxti muborak boʻlsin! Bu baxtni Allohning ulugʻ neʼmati deb bil. Uyingga oʻn toʻrt kunlik oy boʻlib balqib, baxt istab va tilab kelin keldi. Kelin qizni mehr-muhabbat bilan quchoq ochib kutib ol!

Yuraklari hapriqib turgan munis qiz oʻz ota-onasini, yaqinlarini tashlab, bir umrlik baxt izlab, egilib xonadoningga qadam qoʻydi. Uying toʻldi, bagʻring toʻldi. Qadamlari qutlugʻ, oʻgʻling bilan yoʻllari ulugʻ boʻlsin! Qaynona ham ona ekanligini unutma. Bu kelinni xizmatkor, choʻri deb emas, avvalo oʻgʻlingning bagʻrini, koʻnglini toʻldiruvchi, sevguvchi, suyukli nabiralar bilan oilangni cheksiz quvonchlarga toʻldirguvchi munis ona deb bil. Har kungi salomiga shukur qilib alik ol!

“Jonim qizim”, deb qiladigan ishlarini aytsang, mehr koʻrgan qiz quvonch bilan xizmat qiladi.

Har kuni kelin qizning yuragi zirillab turadi: “qaysi ishni eplay olmasam, sindirib yoki toʻkib qoʻysam nima boʻlarkan?”, – deb. Oʻsha holatda qaynona emas, suyab turguvchi togʻ boʻl, tarbiya berguvchi ustoz boʻl.

Xudo bersa, ha demay kelining “boshqorongʻi” boʻladi. Albatta, ish qilishga madori qolmaydi. Qaynonajon, qaynama, shovqin koʻtarma! Bu baxtdan masrur boʻlib, shukur qilib bolalarga suyunchi, hadyalar tarqat. Negaki bu baxtni necha yillab intizor kutguvchilar bor.

Kim yoshligida yomon kelin boʻlsa, kelin olgach yomon qaynona boʻladi. Yomon qaynona esa oy oʻtib-oʻtmay “biz bundoq edik, non yopdik, kir yuvdik, hozirgilar sudralib yuradi”, deb battar oʻsal qiladi. Kelinni ayblashdan oldin qizimiz ham nimjon, kamqon ekanligini oʻyla. Oʻzingning tinka-madoring qurib borayotganini hisobga ol! Oyi-kuni yaqinlashganda “bola oson tugʻiladi”, deb kunning issigʻida non yoptirib, suv tashitib, nabirang, oʻgʻlingning zurriyodi nobud boʻlib, uvoliga qolma.

Har ozorning Allohdan javobi va soʻrovi bor. Xudo yetkazib birin-ketin kelinlar olasan. Endi teng koʻz bilan qarashing kerak. Kichiklarni avaylab, kattasining yukini ogʻir qilma, hurmating ketadi.

Qaynonajon, katta kelinning kiyimini olib kichik kelinga kiydirma. Taqinchoqlarini ham olib berma. Ovsinlar orasida janjal chiqishiga sababchi boʻlasan.

Kelinlarning onasidan sovgʻa-salom aytib olma. Alloh sen uchun umrbod taʼma eshiklarini ochib qoʻyadi. Kim nima olib kelar yoki berar, deb toʻrt koʻz boʻlib oʻtasan.

Kelinga yomon laqab qoʻyib haqoratlama. Bir kuni tanishimning kelini bir oʻzi non yopayotgan va bu paytda yomgʻir yogʻib turgan edi. Qoʻshnimiz yordamga bordi. Qaynona chiqib, jahl bilan xamirni kanalga tashladi. Nonning uvolidan qoʻrqmadi. Koʻp oʻtmay koʻzi koʻr boʻldi. Keyingi kelinlarning xizmatini koʻrish nasib qilmadi. Kelinga kim behuda ozor bersa, bu dunyoda ham, u dunyoda ham ozorlari borligini his qil. Alloh yomonlikni ham, yaxshilikni ham koʻrguvchi, loyiq mukofotini berguvchidir.

Qaynona boʻlish ham sanʼatkorlikni talab qiladi. Kelinga ozor yetkazma, xizmatni chiroyli qiladi. Oʻgʻlingni hech qachon xatosi uchun kelin oldida, kelinni oʻgʻling oldida urushma. Alohida gaplash.

Ering bilan ham janjal chiqarma, xafa boʻlsang-da hurmatini joyiga qoʻy! Kelinlar har harakating, soʻzingdan oʻrnak oladi.

Kelin bilan ona-bola boʻlib yashasang, qanday yaxshi. Kasal boʻlib qolsang, har tomonga yuguradi, dori beradi, oyoq- qoʻlingni silaydi. Kelinlaringga opa-singildan ham yaxshi boʻlinglar degin. Ovsinlar yaxshi boʻlsa, nabiralaring inoq, qon-qarindosh boʻladi. Nima eksang, shuni oʻrasan, deganlar, qarilikning mevasini eksang, Xudoga shukur, hosili moʻl va yaxshi boʻladi.

Qaynonajon, nabiraga mahalla tomonidan beriladigan pulni zarurat boʻlsa ham olma, negaki bu pulni davlat bola uchun beradi.

Oʻgʻling pul olib kelganda kelinning ulushini ber! Kelinning ham ehtiyojlari bor.

Mustaqil oila boʻlishga keragini olib qoʻyaveradi. Kelinning qoʻlida puli boʻlmasa “onam olib berdi”, degan yolgʻonlar koʻpayadi, yolgʻonchilik boshlanadi. Bir qoʻshnimiz kelinining bolasi uchun oladigan nafaqa pulini bermas, hatto bola kasal boʻlsa doriga pul bermasdi. Nima boʻldi, koʻch-koʻronini olib, ijaraga chiqib ketdi. Kelinni rosa qargʻadi. Aybni oʻzidan koʻrmadi.

Qaynonajon, hech kimni, qudalaringni ham gʻiybat qilma. Tuhmatga guvoh boʻlma, bular katta gunohlardir. Qaynonajon, eringning qarindoshlarini hargiz kelinga yomonlama, oʻzingnikini ham. Farzandlaringning qoni-joni, yaqini eringning yaqinlaridir. Qora kunda sendan koʻproq gʻamga botib bel bogʻlab turguvchilardir.

Qaynonajon,kelinning kichik xatosini topib, koʻchada behayolarcha baqirma, qargʻama. Bilginki, oʻzingni oʻzing sharmanda qilding. Negaki, kelin uyda yigʻlamoqda. Kelinning yuragiga mehr emas, tosh toʻlib boradi. Ertaga boshing yostiqda, koʻzing eshikda boʻlib, tavbaga kelguningcha Alloh kasallik beraveradi. Qaynonajon, qoʻshnilar bilan qarindosh-day boʻl! Tansiq taom pishirsang, qoʻshnining haqqini kelindan berib yubor. Yaxshi- yomon kuningda yoningda koʻmakdoshing, sirdoshing. Qudalaringni maqtab-maqtab uyingning toʻrida qoʻy! Mansabiga, boyligiga qarab ajratma, hurmating ketadi.

Qaynonajon, libosni ochiq, tor, kalta kiyma. Ayolning koʻrki, hayosi roʻmol boʻladi, doimo boshingda roʻmol boʻlsin. Yaqinda bir kelin: “qaynonam roʻmol oʻrama, menga oʻxshab “modniy” boʻlib yur, deb aytayapti, axir kelin roʻmol oʻrashi kerak-ku”,– dedi. Qarang, u hayo qilmaslikni keliniga ham oʻrgatmoqda. Hayosizda vafo yoʻq, deydilar.

Qaynonajon, namunali qaynona boʻlish uchun tavba qilib, ibodatda boʻl! Alloh senga qiyinchilikni yengish uchun sabr-toqat beradi. Xayr-ehson qilib tur. Sadaqa keladigan balolarning oldini oladi. Oila degan qasr umr davomida quriladi. Ana shu qasrning malikasi, sensan. Betakror naqsh – sayqal berib boruvchi naqqosh – mohir ustasan. Kelin boʻlgʻusi Sultonbegim, malika, sening shogirding. Kelinni avlodlarga ham namunali boʻlguvchi yaxshi qaynona qilib tarbiyalash ayollik vazifangdir. Ana shunday soliha ayol boʻlsang, Yaratgandan mukofotingni olasan.

Jongilbika hoji RAHIM BOBOJON qizi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026