Amudaryoda ikkita fermer xoʻjaligi yillik rejani ortigʻi bilan bajardi

Ayni kunlarda tumanimiz paxta dalalarida yil – oʻn ikki oylik fidoyi mehnatlar evaziga bunyodga kelgan hosilni yigʻib-terib olib, davlat xirmoniga topshirish uchun harakat qilgan fermer xoʻjaliklari xirmoni kun sayin yuksalmoqda.
“Yerlapas” fermer xoʻjaligi aʼzolari yillik davlatga paxta topshirish rejasini yorugʻ yuz bilan ado etdilar.
Asosan chorvachilikka ixtisoslashgan xoʻjalikda koʻklamda 15 gektar yerga paxta ekilgan edi. Mazkur maydonlarda bir tekis unib chiqqan nihollar sifatli parvarish qilinib, moʻl hosil bunyodga kelishiga erishildi.
Shu kungacha xoʻjalikning 8 nafar pudratchilari oila aʼzolari koʻmagida shartnomadagi 32 tonna oʻriga 33 tonnadan ziyod hosilni yigʻib-terib olishga muvaffaq boʻldilar.
Ilk dovondan oshgan mazkur xoʻjaliklarda terim hamon avjida, chunki hali dalalarda hosil moʻl.

Shuningdek, Oʻrta qalʼa ovulida faoliyat yuritayotgan “Yusufxoʻja” fermer xoʻjaligi azamatlari ham joriy yil uchun belgilangan shartnomaviy rejasini ortigʻi bilan bajarishga erishdilar. 42 gektar paxta maydonidan 106 tonna oʻrniga shu kungacha 110 tonnadan ziyod hosil yigʻishtirib olindi. Xoʻjalikning Poziya Gʻoyipova, Dilbar Davletova, Navbahor Shoniyozova kabi terimchilari mavsum mobaynida 4-5 tonnadan paxta terib, moʻl-koʻl daromad oldilar.
Terimchilar uchun dala boshida issiq ovqat tashkil qilinib, terilgan paxta pullarining kunlik berilayotgani ish surʼatining yuqori boʻlishini taʼminlayapti.
Xoʻjalik aʼzolari yana 60 tonna hosil yigʻishtirib olib, yalpi hosildorlikni 40 tsentnerga yetkazishni moʻljallashayapti.
Oygul Pajabova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶