18.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
18.10.2026, 14:18
Maqolalar 👁 921

EZGULIK YOʻLIDA

EZGULIK YOʻLIDA

Oʻrta maktabni tugatib, oliygohga oʻqishga kirish niyatida Toshkentga ilk qadam qoʻygan kunimdagi bir voqea hamon yodimda. Oʻshanda sinfdosh dugonalarim Sharifa, Ramiza, Shukurjonlar bilan Toshhovuz shahridagi vokzaldan otam rahmatlik poyezdga mindirib yuborgandilar. Toshkentga yetib borganimizdan soʻng poyezddan tushib, toʻrt dugona manzilga qanday, qaysi transportda borishimizni bilmay toʻxtab qoldik. Soʻray desak, aksiga olib, hech kim uchramaydi.

Shunda kelib toʻxtagan trolleybusdan yetaklashib, koʻrinishidan bizdan koʻra uch-toʻrt yoshcha kattaroq, doʻppi kiygan ikki oʻzbek yigit tushdi. Ular ham biz kabi avval talmovsirab turishdi-da, keyin bekatda trolleybus, tramvay, avtobuslar uchun yoʻl chipta sotib oʻtirgan rus ayoli yoniga borib, vokzalga oʻtish joyi qayerdaligini soʻradi. Ayol ularga yoʻl koʻrsatdi, yigitlarni piyodalar oʻtish joyidan oʻtkazib qoʻydi.

Ular sof rus tilida suhbatlashib yonimizdan oʻtib borayotganida koʻrdimki, ikkala yigitning ham koʻzlari yarim yumuq edi. Aftidan ular egizaklar edi, bir-biriga juda oʻxshardilar.

– Barakalla yigitlar,– dedi ayol oʻz tilida ularning yelkasidan qoqib.

Oʻshanda koʻzlari ojiz boʻlsa-da, ularning rus tilida ravon gapira olishiga, xuddi sogʻlom odamlarday mehnat qilishiga juda-juda havasim kelgan, nega men sogʻlom, koʻzlarim ravshan boʻlaturib, shu yigitlarchalik rus tilini oʻrgana olmadim, deya oʻkinganimni, rus ayolning “molodtsi, rebyata” deb qoʻyganida ularga havas bilan qaraganimni hamon unutolmayman. Hayotda yaxshi yashash, xayrli ishlar qilish, birovlardan olqish olish uchun koʻrkam yo sogʻlom boʻlish ham shart emasligini oʻshanda tushunganman...

Mustaqillik bayrami arafasida Oʻzbekiston Koʻzi ojizlar jamiyati Amudaryo tuman boʻlimi raisi Aminboy Oʻrozmetovning davlatimizning yuksak unvoniga sazovor boʻlganligi haqidagi xushxabarni eshitib, oʻsha voqeani yana esladim. Ha, koʻzi ojiz boʻlsa-da, sogʻlom odamdan kam boʻlmay, 12-yildan beri shu boʻlimga yetakchilik qilib, oʻzi kabi necha-necha odamlarni Yaratganning ravo koʻrganiga shukur qilib, imkon qadar yaxshi yashash uchun intilishga ragʻbatlantirib, ularga madad boʻlishga, koʻngliga yorugʻlik olib kirishga harakat qilib kelayotgan bu yigitga faqat men emas, koʻpchilik havas qilsa, arziydi.

Ayni kunda jamiyatning tuman boʻlimida 459 nafar aʼzo bor. Ularni qutlugʻ kunlar, muhim sanalarda bir dasturxon atrofiga toʻplab, bayramlarni koʻngilli nishonlashlariga, boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishlariga erishishni Aminboy oʻz burchi deb biladi.

2014-yilda Aminboy Oʻrozmetovning saʼy-harakatlari va tumanimiz sobiq hokimi Rajabboy Yoʻldashev (Xudo rahmat qilsin!) tashabbusi bilan qurilib foydalanishga topshirilgan zamonaviy binoda faoliyat koʻrsatayotgan boʻlim kutubxonasi jamiyat aʼzolarininggina emas, shu hududda yashovchi aholining ham sevimli maskani. Kutubxonaning jami kitob fondi 5618 ta, shuning 1632 tasi Brayl alifbosidagi, 944 tasi audio, 21 tasi gapiruvchi, 3021 tasi bosma harfli kitoblardir. Kitobxonlar soni esa 600 nafardan ziyod. Kuniga tashrif buyuruvchilar 20-30 nafar atrofida. Kutubxona mudiri Bozorboy Oʻrozmetov, kutubxonachi Zuhra Yormonovalar kitobxonlarga namunali xizmat koʻrsatishadi.

Boʻlimda uning yelib-yugurishlari tufayli boʻz toʻqish tsexi faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Bu yerda hozir oʻrnatilgan 10 ta dastgohning 8 tasida boʻz, brezent matolari toʻqilayapti.

– Aslida oilamizda mening maoshimga zarurat yoʻq. Biroq mening ham bekor oʻtirgim kelmaydi, bolalarimga koʻmakdosh boʻlib ishlagim keladi. Mana, biz uchun Aminboy ishlashga sharoit yaratib qoʻyibdi, – deydi Norjon Chovdirova.

Ha, Aminboy Oʻrozmetov ana shunday ezgu xizmatlari uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisining qaroriga muvofiq mamlakatimiz mustaqilligining 27 yilligi arafasida “Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi” Faxriy unvoni bilan taqdirlandi.

Bu xushxabar tarqalgan kun Oʻzbekiston Koʻzi ojizlar jamiyati tuman boʻlimi aʼzolari uchun bayramga aylanib ketdi. Aslida ham koʻzi ojiz, koʻngli yarim odamlar hayotiga mazmun, quvonch olib kirishdek ezgu maqsad bilan mehnat qilayotgan bu yigit har qancha olqishlar-u tahsinlarga loyiq.

Oygul RAJABOVA.

Suratda: Aminboy Oʻrozmetov.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026