Harbiylar iştirokida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar ötkazilmoqda
Yaratganga şukurki, yurtimiz tinç, osmonimiz musaffo. Xalqimiz osoyişta hayot keçirib, mamlakatimiz taraqqiyot yölidan dadil odimlamoqda. Bunday natijalarga Davlat xavfsizlik xizmati çegara qöşinlari nafaqat sarhadlarimiz daxlsizligini taʼminlaşdagi huşyorligi, balki aholi örtasida tarğibot-taşviqot tadbirlarini ötkazişdagi faolligi bilan ham munosib hissa qöşmoqda.
Joriy yilning 7-sentyabr kuni Özbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati çegara qöşinlariga qaraşli 9202 “D” qism harbiylari taşabbusi bilan Qum yop mahallasida aholi bilan uçraşuv bölib ötdi.
Yiğilişda Qum yop MFYraisi F.Yuldaşev, Davlat xavfsizlik xizmati çegara qöşinlariga qaraşli 9202 “D” harbiy qismdan vakillar sözga çiqib, “Özbekiston Respublikasining davlat çegarasi töğrisida”gi Qonunining mazmun-mohiyati va terrorizmga qarşi kuraş masalalarida iştirokçilarga keng turda tuşunçalar berdilar.
Sözga çiqqanlar aholini çegara oldi tartibi va qoidalariga rioya qilişga va qonun buzilişlarning oldini olişga hissa qöşişga çaqirdi. Bu masalada yoşi uluğ nuroniylarning, mahalla va maktab maʼmuriyati va “Mahalla posboni” jamoatçilik tuzilmasi aʼzolarining örni xususida ham söz yuritildi.
Yiğilişda çegara hududlarida istiqomat qiluvçi aholining pasport-viza masalalari va boşqa mavzularda bergan savollariga tegişli javoblar qaytarildi.
O.Mahmudov 9202 “D” harbiy qism serjanti.
***
2018-yilning 4-avgust kuni qöşinlarda soğlom maʼnaviy-axloqiy muhitni şakllantiriş, harbiy xizmatçilarning bilimi, maʼnaviy saviyasi va intellektual salohiyatini yuksaltiriş, ularning qalbida ona yurtga sadoqat va vatanparvarlik hislarini oşiriş maqsadida Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlari harbiy xizmatçilarining maʼnaviy-maʼrifiy saviyasini oşiriş tizimini tubdan takomillaştiriş töğrisida”gi Qarori qabul qilingan edi.
2018-yil 7-sentyabr kuni 9202 “K” harbiy qismda şu qarorga asosan “2017-2021-yillarda Özbekiston Respublikasini yanada rivojlantiriş böyiça harakatlar strategiyasi – taraqqiyotimiz dasturi” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bölib ötdi.
Tadbirda Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman bölimi rahbari M.Saparboyev iştirok etdi va harbiy xizmatçilarga yurtimizda olib borilayotgan islohotlar va yangilanişlar haqida gapirib berdi.
Tadbirda harbiy xizmatçilar özlarini qiziqtirgan barça savollarga javoblar oldilar.
Ye.ALYaMINOV, 9202 “K” harbiy qism serjanti.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶