Amudaryo tumanida paxta yiğim-terimi boşlandi
8-sentyabr kuni Amudaryo tumanining “Oq oltin” ovulidagi “Amudaryo paxta tozalaş” AJda 2018-yilgi paxta yiğim-terimi mavsumining boşlanişiga bağişlangan yiğiliş bölib, unda tumandagi muqobil maşina traktor parklari raislari va qişloq xöjaligi sohasi mutaxassislari iştirok etdilar.
Yiğilişda tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev sözga çiqib, barçani 2018-yilgi paxta-yiğim terimi mavsumining boşlanişi bilan tabrikladi va yillik şartnomaviy rejalarni bajarişda muvaffaqiyatlar tiladi.
Tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev tumanimiz fermer xöjaliklarining bu yilgidek oğir ob-havo şaroitida ham möl paxta hosili yetiştirganliklarini alohida taʼkidladi.
– Bizning endigi vazifamiz – maşaqqatli mehnatlar evaziga yetiştirgan paxta hosilimizni nest-nobud qilmasdan yiğib-terib olib, davlat xazinasiga topşirişdan va 32000 tonnalik şartnomaviy rejamizni keçiktirmay bajarişimizdan iborat. Yiğim-terim jarayonida pudratçilar va haşarçilar mehnatiga öz vaqtida haq tölaş katta ahamiyatga ega. Şu boisdan ham bu işda loqaydlikka yöl qöymasligimiz lozim – dedi tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev öz sözida.
Yiğiliş yakuniga yetgaç, “Kamol brigad” va “Yusufxöja” fermer xöaliklari birinçilardan bölib, davlat xirmoniga paxta topşirişni boşladilar. Paxta topşirişni boşlab bergan bu fermer xöjaliklari rahbarlariga qimmatbaho sovğalar topşirildi.









A.Jumaniyozov.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶