Amudaryoda gʻoʻzani defoliatsiya qilish ishlari boshlandi
Yoz boʻyi 15500 gektar maydonga ekilgan paxta parvarishi bilan shugʻullanib, yaxshi natijalariga erishgan amudaryolik paxtakorlar ayni kunda paxta yigʻim-terimiga ham puxta taraddud koʻrmoqdalar.
5-sentyabr kuni Qangli ovulidagi “Diyorbek-Xonjigʻali” fermer xoʻjaligida gʻoʻza defoliatsiyasiga bagʻishlangan seminar-kengash oʻtkazilib, unda gʻoʻza defoliatsiyasining ahamiyati, uni oʻtkazish davridagi zaruriy chora-tadbirlar haqida soʻz bordi.
Seminar-kengashda soʻzga chiqqan mutaxassislar bu yil defoliantlarning “Super XMD”, “D-Ekstra” va “Sprut” deb nomlangan turlaridan foydalanishni tavsiya qildilar.
Tadbirda ishtirok etgan barcha fermer xoʻjaliklari rahbarlari defoliantlardan foydalanish borasida aniq tushunchaga ega boʻldilar.
Seminar-kengashda Qoraqalpogʻiston Pespublikasi Vazirlar Kengashi raisi oʻrinbosari Sobir Xoʻjametov va “Qoraqalpoqagrokimyo himoya” XAJ raisi Otabek Davletovlar ishtirok etdi.






A.Jumaniyozov.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶